Microsoft geyming uchun maxsus noutbuk tayyorlamoqda

Microsoft geyming uchun maxsus noutbuk tayyorlamoqda

Windows operatsion tizimi ishlab chiqaruvchisi, Microsoft, Surface brendi ostida oddiy modeldan tortib, Pro modelgacha bo'lgan notubuklarni taqdim qiladi. Ular asosan ish, o'qish va kontent yaratish uchun mo'ljallangan, lekin so'nggi mish-mishlarga qaraganda, redmondlik kompaniya endilikda kompyuter o'yinlari uchun maxsus noutbuk ham chiqarishni rejalashtirmoqda. 

Prime Gaming veb-saytida yuqori darajadagi geyming tajribasini bera oladigan noma'lum modeldagi Surface noutbukining texnik xususiyatlarini paydo bo'ldi:

Tahminlarga ko'ra, noutbuk Surface Gaming deb nomlanishi mumkin. U 165 gerts yangilanish tezligiga ega, 16 dyuymli va 2560x1440 rezolyutsiyadagi displey bilan oddiy Surface noutbuklaridan sezilarli darajada kattaroq tanaga ega bo'ladi. Kapot ostida esa, Intel'ning 12-avlod Core i5 yoki i7 protsessorlari, NVIDIA GeForce RTX 3050/3070 Ti grafik kartalari va 16/32 GB operativ, 256 GB dan 2 TB gacha (SSD) doimiy xotira mavjud. Noutbukning Core i5 modeli batareyasi 16 soatgacha, Core i7 modeli batareyasi esa 15 soatgacha yetishi mumkin. Albatta, kompyuter Windows 11 (Home versiyasi) o'rnatilgan holda chiqariladi. Surface Gaming geymerlar uchun ekan, u 1 oylik Xbox Game Pass Ultimate obuna bilan keladi. 

Microsoft shu kungacha faqat mahsuldorlikka qaratilgan ingichka va yengil noutbuklar chiqarib kelgan, lekin bu Surface Gaming bilan o'zgaradigan ko'rinadi. Afsuski, hozircha noutbukning narxi va qachon chiqarilishi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas. 

O'QING: realme 95 долларлик смартфонни тақдим этди

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!