Microsoft haqida qiziqarli 12 fakt

Microsoft haqida qiziqarli 12 fakt

Microsoft'ning Windows'ini besh barmog‘ingizdek bilasiz, lekin kompaniyaning o‘zi haqida nimalardan xabardorsiz? O‘ylanib qoldingiz-a? Hechqisi yo‘q. Besh daqiqadan so‘ng bu savolga javob bera oladigan bo‘lasiz. Gapni ortiqcha cho‘zmaymiz. Boshladik!

1. MS-DOS'ni Microsoft yaratmagan.
1980 yilda Seattle Computer Products 86-DOC nomi ostida sotilgan Quick and Dirty operatsion tizimni yaratdi. Microsoft esa 86-DOS'ning litsenziyasini sotib olgan va ko‘p sonli tuzatish ishlaridan so‘ng uni qayta nomlagan.

2. Microsoft ko‘p marotaba sudga tortilgan.
So‘nggi o‘n yilliklardagi bu mojarolarning katta qismi esa monopoliya siyosatiga bog‘liq.

3. Bill Geyts Microsoft'ni yaratish uchun Garvarddagi o‘qishini tashlagan.Korporatsiya bosh direktori Steven Ballmer esa Garvardni tugatgan, ammo Microsoft'ga qo‘shilish uchun Stenford universitetida davom etayotgan aspiranturasidan voz kechgan.

4. Microsoft boshida Micros-soft deb nomlangan. 1976 yilda esa chiziqcha olib tashlanadi. Microsoft so‘zi microcomputer (mikrokompyuter) va software (dasturiy ta’minot) so‘zlarining yig‘indisidan hosil bo‘lgan.

5. Windows esa boshida Interface Manager deb atalgan.
Yaxshiyamki, marketing bo‘limi ushbu nomdan voz kechgan.

6. "Windows Vista chiqishi bilan Microsoft “aynidi“.
Ushbu gapni Windows Vista operatsion tizimi taqdim qilingan kuni Microsoft'ning sobiq vitse-prezidenti Jim Allchin aytgan edi. Agar u Microsoft'da ishlamaganda, Apple'ning Mac'ini sotib olgan bo‘lar edi. Buni uning o‘zi aytgan.7. 1994 yilda Windows uchun birinchi virus WinVer 1.4 paydo bo‘ldi.

8. Microsoft'ning 20 mingdan ortiq patentlari mavjud.

9. Microsoft o‘z logotipini 25 yil deganda birinchi marta yangilagan.
Yangi logotip korporatsiya tarixidagi beshinchisi bo‘lib, Metro interfeysi asosida tayyorlangan.

10. Microsoft zamonaviy san’atning ulkan to‘plamiga egadir.
Korporatsiya kolleksiyasida besh mingdan ortiq zamonaviy san’at asarlari, shu jumladan, rasmlar, haykallar, fotosuratlar va multimedia loyihalari jamlangan.

11. Microsoft'dagi muhim voqealarni M&M's (shirinlik kompaniyasi) nishonlaydi.12. Microsoft'ga ishga kirayotganlarga intervyuda g‘alati savollar berishadi.
"Nega kanalizatsiya teshigining qopqog‘i dumaloq?" kabi. Korporatsiyadagi suhbat paytida shablon savollar Microsoft tomonidan ishlab chiqarilmaydigan mahsulotni loyihalash to‘g‘risidagi so‘rov bilan almashtirilib qolishi ham mumkin. Masalan, gap kosmonavtlar uchun kofe qaynatgich haqida bo‘lishi mumkin. Biroq, ahmoqona ko‘rinadigan bu amaliyot ijodiy fikrlashga ega nomzodlarni aniqlashga imkon beradi.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Microsoft ishchilari qancha maosh oladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!