Microsoft ilk Windows 11 versiyasini tarqatdi – hoziroq rasman sinab ko‘rish mumkin!

  •   DiMaX
  •  884
  •  29.06.2021 10:21

Microsoft ilk Windows 11 versiyasini tarqatdi – hoziroq rasman sinab ko‘rish mumkin!

Kuni kecha Microsoft kompaniyasi o‘zining yangi – Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Bungacha esa biz uning videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

Endi bo‘lsa Microsoft kompaniyasi yangi operatsion tizimning birinchi versiyasini rasman tarqatdi. Build 22000.51 raqamli ushbu jamlanma ko‘p jihatlari bilan o‘sha – rasmiy taqdimotdan oldin chiqqan ISO-obrazdagisiga o‘xshash, ammo farqlari mavjud. Windows Insiders dasturi ishtirokchilari mazkur Windows 11 talqinini allaqachon rasman sinab ko‘rishlari mumkin.

Windows 11 tizimidagi «Provodnik»da endi buyruqlar paneli birmuncha «toza», Microsoft Store ilovasi qayta ishlangan foydalanuvchi interfeysiga ega, sensor ekranda klaviaturani sozlasa bo‘ladi.

Noutbuk bilan qo‘shimcha tashqi monitor ishlatadigan foydalanuvchilar uchun ulanish yaxshilangan – operatsion tizim unsurlari monitor ulanganida katta ekranda to‘g‘ri joylashadi va o‘chirilganida yig‘ilib turadi.

Yangi operatsion tizimning sinov versiyasini o‘rnatishdan oldin kompyuteringiz tizim talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishingiz tavsiya etiladi. Ularning ro‘yxati hamda tekshirishning eng oson yo‘li bilan esa mana bu xabarimizda tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: Windows 11 o‘rnatish uchun internet so‘raydi, lekin uni aldash yo‘li topildi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!