Microsoft kishilarni yangi Windows’ga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini topdi

  •   DiMaX
  •  1338
  •  15.07.2019 14:19

Microsoft kishilarni yangi Windows’ga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini topdi

Ko‘pchiligimiz o‘z kompyuter va noutbuklarimizda Windows operatsion tizimini ishlatamiz. Ammo aksariyat foydalanuvchilarning eski talqindagi tizimda qolayotgani Microsoft korporatsiyasiga yoqmayapti.

O‘QING: Windows 7 hamda Windows XP’da jiddiy xavf bor – tezda yangilab oling!

Kompaniya eski versiyalardagi kompyuterlar egalarini yangi – Windows 10 tizimiga o‘tkazishga imkon qadar harakat qilyapti. Microsoft bu yo‘lda hatto o‘zgacha yo‘l tutishdan ham tap tortmayapti – u Windows 7 va undan avvalgi talqinlarda ayrim loyihalarni to‘xtatyapti.

Microsoft rasmiy saytida ma’lum qilishicha, eski versiyalardagi operatsion tizimlarda yaqinda quyidagi loyihalar ishlamay qoladi:

  1. Internet-narda (Internet Backgammon)
  2. Internet-shashka (Internet Checkers)
  3. Internet-qarg‘a (Internet Spades)
  4. Internet-yurak (Internet Hearts)
  5. Internet-reversi (Internet Reversi)
  6. MSN Go

Ushbu ilovalarning to‘xtatilish muddati kompyuterga o‘rnatilgan Windows versiyasiga bog‘liq. Windows XP hamda Windows ME talqinlaridagi qurilmalarda bu dasturlar shu yilning 31 iyulidanoq ishlamay qoladi. Windows 7 foydalanuvchilari uchun esa biroz muhlat berilgan – ular ushbu dasturlar bilan 2020 yilning 22 yanvarida xayrlashishadi. Shu munosabat bilan, mazkur ilovalardan foydalanishni istaganlar operatsion tizimning yangi talqiniga o‘tishlari tavsiya etilmoqda.

O‘QING: Windows 10’ga qarshi Windows 7: qay biri xavfsizroq?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!