Microsoft kompaniyasi Microsoft Ocean Plastic Mouse sichqonchasini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi Microsoft Ocean Plastic Mouse sichqonchasini taqdim etdi

Kecha Microsoft kompaniyasi Surface Pro 8 bilan bir qatorda, Microsoft Ocean Plastic Mouse sichqonchasini ham taqdim etdi. Ushbu qurilma uchun ishlatilgan plastmassaning 20% qayta ishlangan okean plastmassalariga to‘g‘ri keladi. Ya’ni kompaniya sichqonchaning ma’lum qismini okeandagi plastik chiqindilarini qayta ishlangan holda yasagan.

Sichqoncha Bluetooth Low Energy 5.0 bog‘lanishiga ega bo‘lib, 10 metr masofadan kompyuter kursorini boshqarish mumkin.

Sichqonchada odatiy o‘ng va chap tugmachalar bor, ularning o‘rtasida esa g‘ildiraksimon tugmacha joylashgan. Qurilmadagi to‘rtinchi tugma quvvat tugmasi bo‘lib, uni uch soniya bosib turilsa, sichqoncha kompyuterga bog‘lanadi.

Sichqoncha o‘lchamlari 100.4 x 58.2 x 38.3 mm, og‘irligi esa 84 grammni tashkil qiladi. Yangi mahsulot 5 oktabrdan 25 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Microsoft Word dasturi yanada aqllilashadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!