Microsoft kompaniyasi Surface Laptop Go 2 noutbukini taqdim etdi.

Microsoft kompaniyasi Surface Laptop Go 2 noutbukini taqdim etdi.

Microsoft kompaniyasi o‘zining ixcham va yengil Surface Laptop Go 2 noutbukini taqdim etdi. Uning narxi 599 dollardan boshlanadi. Kompaniyaning “Go“ modellari o‘zining arzon narxi bilan ko‘proq talabalarga ko‘proq ma’qul keladi. Shuningdek, Surface noutbuklari tajribasini xohlaydiganlar ham ushbu modelni sotib olishlari mumkin. 

Noutbuk 12.4 dyuymli PixelSense displeyiga ega bo‘lib, uning rezolyutsiyasi 1536 x 1024 piksel, maksimal yorqinligi esa 330 nitni tashkil qiladi. Qurilma 11-avlod Intel Core i5-1135G7 protsessori bilan jihozlangan. Tanlash uchun uch xil xotira hajmi taqdim etilgan. 

Bazaviy model 4/128GB xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, 699 dollarga 8/128GB, 799 dollarga 8/256GB xotira hajmli versiylarini sotib olish mumkin. Bazaviy modelda barmoq izi skaneri bo‘lmaydi. 8/128GB hamda 8/256GB versiyalar esa barmoq izi skaneriga ega. Qurilma Platinum, Sage, Ice Blue va Sandstone ranglarda sotuvga chiqadi. 

Surface Laptop Go 2 bittadan USB-A, USB-C, 3.5 mm audio jek, Surface Connect va magnetli quvvatlash portiga ega. Qurilma 7 iyundan sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!