Microsoft kompaniyasi Surface Mini borligini tasdiqladi

Microsoft kompaniyasi Surface Mini borligini tasdiqladi

Microsoft kompaniyasi bir necha yillardan buyon Surface gibridlari, ya’ni ajraladigan displeyli Surface Book noutbuklari va Surface Pro planshetlarini ishlab chiqarmoqda. Surface Mini ixcham gadjeti haqidagi gaplar esa hanuzgacha o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q edi. Endi esa kompaniya haqiqatdan ham qurilmaning ixcham varianti mavjudligini ma’lum qildi.

Microsoft kompaniyasi vitse-prezidenti Panos Panay (Panos Panay) kompaniyaning an’anaviy taqdimot marosimida Surface toifasidagi ishlanmalar, jumladan, Surface Mini borasida intervyu berdi. Uning tasdiqlashicha, chindan ham ixcham 7 dyuymli Surface Mini bor va mazkur gadjet mashhur Moleskine bloknotiga o‘xshaydi. Aytish kerakki, mulozimning nutqi 2013 yildagi kabi xayajonli bo‘ldi. Biroq, ahamiyatlisi, u loyiha haqida o‘tgan zamonda gapirdi. Bu esa Panayning kundalik faoliyatidan Surface Mini allaqachon chiqib ketganini va kompaniya mazkur loyihani yaqin yillarda ishlab chiqarishga joriy qilmasligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2014 yilgi moliyaviy hisobot chog‘ida “bunday turdagi form-faktor qurilmasini ishlab chiqarmaslik haqida qaror qabul qilingan”ini bildirgandi.

Mish-mishlarga ko‘ra, ixcham model Surface Pro 3 bilan birga taqdim etilishi kerak bo‘lgan, ammo marosimga bir soat qolganda loyiha anonsi bekor qilingan.

Xullas, kompaniya hozir bu turdagi jaji planshetlar ishlab chiqarishda biror ma’no ko‘rmayapti, shekilli.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!