Microsoft kompaniyasi TikTok’dan quruq qoldi

  •   DiMaX
  •  583
  •  14.09.2020 14:00

Microsoft kompaniyasi TikTok’dan quruq qoldi

Kuni kecha biz TikTok’ka Amerikadagi biznesini sotish uchun Tramp to‘rt kun muhlat bergani haqida yozgan edik. Unga talabgorlar orasida bir qator yirik kompaniyalar mavjud.

O‘QING: Tramp bilan mojarolar tufayli TikTok rahbari iste’foga chiqdi

 TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi AQShdagi biznesini Microsoft kompaniyasiga sotmaydigan bo‘ldi. Xitoy kompaniyasi bu haqda AQSh IT-gigantini boxabar qilgan, deb yozadi Xabar.uz.

Microsoft kompaniyasi ta’kidlashicha, ushbu bitim imzolanganda ham TikTok foydalanuvchilari yutardi, ham milliy manfaatlar talablari qondirilardi.

Navbatdagi ikkinchi xaridor — Oracle bo‘ladi. ByteDance kompaniyasi TikTok’ning AQShdagi, qolaversa, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi biznesi allaqachon yangi egali bo‘lganini bildirdi, ammo nomlarni keltirmagan.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi