Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati kengayadi

Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati kengayadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQSh ga tashrifi doirasida Microsoft kompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu to‘g‘rida vazirlikning Axborot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ikki tomonlama hamkorlik ifodasini topgan hujjat O‘zbekiston hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri bo‘lgan Microsoft aloqalarni yangi bosqichga ko‘taradi.

Hujjatda intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirish, O‘zbekistonda kiber xurujlarga qarshi tizimlarini mustahkamlash, axborot texnologiyalari va "bulutli" texnologiyalarda, shuningdek mobil ishlanmalar, ochiq ma’lumotlar hamda "salmoqli ma’lumot" (big data) ni tarqatish va qayti ishlashda, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, "internet buyumlari" uchun ishlanmalar tayyorlash yo‘nalishlarida innovatsiyalarni amalga oshirish kabi istiqbolli hamkorlik belgilab olindi.

Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, aloqalar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zaro hamkorlik o‘rnatish shartlariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan "bulutli" va mobil texnologiyalar bo‘yicha tajriba hamda bilimlarini o‘rtoqlashadi, startaplarni amalga oshirish va "bulutli" va mobil biznes-ishlanmalarni, ochiq va salmoqli ma’lumot tizimlarini yaratish, shuningdek IT-ko‘nikmalarni va kiber xurujlardan himoyalanish bo‘yicha tashkil qilinadigan mashg‘ulotlarni o‘tkazishda malakali ekspertlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi,

Microsoft kompaniyasi xususida

1975 yilda asos solingan Microsoft korporatsiyasi dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, insonlarning salohiyatlarini namoyish etishga xizmat qiladigan xizmat va yechimlarni ishlab chiqarishda jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya 190 davlatda faoliyat olib boradi. Uning mahsulotlarini aksariyat personal kompyuterlar qo‘llab-quvvatlaydi va jahonning 45 tiliga tarjima qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!