Microsoft kompyuteringiz Windows 11 uchun mos emasligini eslatib turadi

Microsoft kompyuteringiz Windows 11 uchun mos emasligini eslatib turadi

Microsoft Windows 11 uchun minimal talablarni chiqarganida, millionlab biroz eski kompyuterlar uni o‘rnata olmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Lekin shunga qaramay Microsoft foydalanuvchilarni eski kompyuterga Windows 11 o‘rnatishdan to‘liq to‘smagan va hozir ham uni qo‘llab-quvvatlamaydigan kompyuterga o‘rnatish mumkin. 

Yaqinda Windows 11'ning yangi versiyalarini sinovchilar uchun chiqarilgan so‘nggi versiyasining Sozlamalar ilovasida agar kompyuter Windows 11 uchun to‘liq mos bo‘lmasa buni eslatib turadigan bildirishnoma chiqib turishi insayder tomonidan ma’lum qiligan edi.

Endilikda Microsoft xuddi shunday "Tizim talablari bajarilmagan" nomli suv belgisini ish stoli pastki o‘ng burchagida ko‘rsatib turishni ham sinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Lekin buning havotirli joyi yo‘q, bu ikki bildirishnomalarni e’tiborsiz qoldirishingiz mumkin va bu sizni operatsion tizimdan foydalanishdan to‘xtatib qo‘ymaydi. 

O‘QING: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi brauzerdan foydalanishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!