Microsoft kutilmaganda ommabop o‘yinlardan birini butkul bepul qildi va Xbox One uchun ham taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  967
  •  09.03.2019 16:40

Microsoft kutilmaganda ommabop o‘yinlardan birini butkul bepul qildi va Xbox One uchun ham taqdim etdi! (+video)

Microsoft korporatsiyasi Crackdown 3 o‘yinini Xbox One va kompyuterlar uchun 15 fevralda taqdim etgandi. Kuni kecha ushbu o‘yin ijodkorlari unga yaqinda joriy etiladigan yangiliklar haqida videoda so‘zlab berishdi.

O‘QING: Crackdown 3 o‘yini: barchasini vayron qil!

Shu bilan birga, Microsoft dasturchilari uning oldingi qismi – Crackdown 2 o‘yini endi bepul ekanligini ham xabar qilishgan. Mana, bu haqdagi videoni (inglizchada) tomosha qilishingiz mumkin:

Aftidan, bu aksiya vaqtinchalik xarakterga ega emas va Crackdown 2 endi cheklovlarsiz, to‘liq bepul bo‘ldi. Bundan tashqari, mazkur o‘yinni endi Xbox One konsollarida ham o‘ynash mumkin.

Darvoqe, yangi taqdim etilgan Crackdown 3 loyihasiga dasturchilar besh yildan oshiq vaqt sarflab, mustahkam himoyalashgan, ammo...

O‘QING: Microsoft’ning eksklyuziv mahsuloti himoyasini xakerlar besh kundayoq buzishdi – endi uni bepul ko‘chirib olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!