Microsoft smartfonlar uchun o'yinlar do'koni yaratadi

Microsoft smartfonlar uchun o'yinlar do'koni yaratadi

So'nggi bir necha yilda Apple ham, Google ham o'zlarining mobil qurilmalar uchun ilovalar do'konlarida monopollik oid harakatlari va raqobatchi yo'qligi sababli regulator "nazariga" tushishdi. Ammo, endilikda ma'lum bo'lishicha, Microsoft ularga o'z raqobatchisini jimgina tayyorlamoqda.

The Verge nashrining xabar berishicha, Buyuk Britaniyaning Raqobat va bozorlar boshqarmasi (CMA) tomonidan Microsoft'ning Activision Blizzard'ni sotib olishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov kompaniyaning Google Play Store va App Store do‘konlariga raqobatchilik qilish uchun o'zining Xbox markali mobil o‘yinlar do‘konini yaratishni rejalashtirayotganini oshkor qildi.

Albatta, ilovalar do'koni bolish borasida Google va Apple'ga qarshi kurashish oson bo'lmaydi, lekin Microsoft ham anoyilardan emas, kompaniya o'zining "tuz kartasi"ga ega: Activision Blizzard'ni sotib olish Microsoft'ga Candy Crush Saga (King tomonidan ishlab chiqilgan, lekin Activision tomonidan nashr etilgan) va Call of Duty kabi top o'yinlarga egalik qilish imkonini beradi. Shu ikki o'yinning o'zigina iste'molchilar uchun Microsoft do'konidan foydalanishga yetarlicha sabab bo'la oladi.

Android'da Microsoft o'zining (kelajakdagi) yangi mobil o'yinlarini o'z do'koni orqali osongina chiqarishi mumkin. Biroq iOS'da kompaniya katta qiyinchiliklarga duch kelishi aniq, chunki Apple hali ham o'z qurilmalarida ilovalarning yon tomonlama o'rnatilishini qattiq bloklaydi. Ushbu cheklovlari tufayli Microsoft, hatto, bulutli o'yinlarni ham mahalliy ilova orqali emas, balki brauzer bilan translatsiya qilishi kerak bo'ladi.

O'QING: Navbatdagi Mortal Kombat jangovar janrda bo‘lmaydi: o‘yin RPG'ga ko‘chmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.