Microsoft nihoyat MWC ko‘rgazmasida qatnashib, inqilobiy gadjetini ko‘rsatmoqchi!

  •   DiMaX
  •  674
  •  17.01.2019 18:29

Microsoft nihoyat MWC ko‘rgazmasida qatnashib, inqilobiy gadjetini ko‘rsatmoqchi!

Joriy yilning fevralida Barselonada yillik Mobile World Congress tadbiri bo‘lib o‘tishini bilasiz. Microsoft kompaniyasi ham unda qatnashib, HoloLens 2 – to‘ldirilgan borliq garniturasining ikkinchi avlodini taqdim etishi kutilayotir.

O‘QING: Microsoft Xitoyda Apple rahbari Tim Kukni mot qildi

MWC 2019 doirasida 24 fevral kuni Microsoft ham tadbir uyushtiradi. Unda kompaniya bosh direktori Satya Nadella, vitse-prezident Juliya Uayt hamda dasturchi Aleks Kipman ishtirok etishadi.

Aytish kerakki, Windows Phone loyihasini yopganidan so‘ng Microsoft yillik MWC ko‘rgazmalarida qatnashmay kelayotgan edi. HoloLens loyihasi bir necha yildan beri takomillashtirilib kelayotganiga qaraganda, bu yil inqilobiy biror nima kutsak arziydi.

Hozirgacha ma’lum bo‘lgani shuki, HoloLens 2 to‘ldirilgan reallik garniturasi so‘nggi avlod Kinect sensoriga, «sun’iy ong» chipiga, Intel o‘rniga Snapdragon 850 protsessoriga ega. Shuningdek, bu gadjet Azure «bulutli» tizimlari bilan ishlashini kutish mumkin. Chunki Juliya Uayt kompaniyaning aynan «bulutli» texnologiyalar yo‘nalishini boshqaradi.

O‘QING: Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!