Microsoft’ning kutilmagan qarori: u Windows 8 tizimini muddatidan avval «o‘ldiryapti»!

  •   DiMaX
  •  739
  •  20.04.2019 16:30

Microsoft’ning kutilmagan qarori: u Windows 8 tizimini muddatidan avval «o‘ldiryapti»!

Windows 8 operatsion tizim talqinini 2023 yilning 1 iyuligacha qo‘llab-quvvatlab borishni va’da qilgan Microsoft negadir o‘z qarorini o‘zgartirdi. Kompaniya buni o‘z rasmiy sayti orqali bugun – 2019 yilning 20 aprelida rasman e’lon qildi.

O‘QING: Microsoft qaror qiladi: Windows 8 uchun yangi ilova qabul qilinmaydi

Xabarga ko‘ra, Windows 8 operatsion tizimini yangilashi hamda unda ishlovchi ilovalarning qo‘llab-quvvatlanishi shu yilning 1 iyulidanoq to‘xtatiladi. Kompaniya buning sababini izohlamagan, shuningdek, mazkur tizimga xizmat ko‘rsatish muddati qisqarayotganini boshida aytmagan ham. Buni dastlab tajribali foydalanuvchilar payqab qolishgan, ular bu haqda internetda turli foruvlarda yoza boshlashgach, Microsoft rasman e’lon qilgan.

Lekin uning bitta keyingi avlodi – Windows 8.1 operatsion tizimga ega kompyuterlar va noutbuklar esa to 2023 yilning 1 iyul sanasiga qadar Microsoft Store orqali ilovalar yangilanishlarini olib turishlari mumkin. Agarda keyinroq uning ham muddatini qisqartirishmasa, albatta...

Microsoft eski talqindagi operatsion tizimlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib, foydalanuvchilarni yangi – Windows 10 tizimiga o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘QING: Windows 10 May 2019 Update taqdim etildi: yangilanishlarni endi o‘zingiz boshqara olasiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.