Microsoft olti yil kutilgan Windows 11 tizimini taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  819
  •  25.06.2021 11:04

Microsoft olti yil kutilgan Windows 11 tizimini taqdim etdi (+video)

Kutilganidek, 24 iyun kuni Microsoft o‘zining yangi – Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Bungacha esa biz uning videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

Windows 11 interfeysi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. «Pusk» menyusi chapdan markazga ko‘chirilgan. Yangi operatsion tizimga yarim shaffoflik qaytgan.

Shu bilan birga, avvaldan o‘rnatilgan ilovalar, masalan, One Drive va Edge brauzeriga ham o‘zgarishlar kiritilgan.

Yangi Windows tizimida sensorli ekranlar bilan ishlash imkoniyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

Eng katta yangilik esa operatsion tizimda Android ilovalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi bo‘lgan.

Foydalanuvchilar Windows 11 yangilanishlarini yaqin oylarda olishlari aytildi.

Darvoqe, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!