Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1164
  •  05.12.2018 15:07

Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Kupertinolik gigant iPad Pro modellarini oddiy planshet emas, balki to‘laqonli kompyuter, deb hisoblaydi. Ammo bunga boshqalar qo‘shilmaydi, jumladan – Microsoft korporatsiyasi ham.

O‘QING: Ilk iPhone'ni raqiblar qanday mayna qilgani va yo‘qlikka ravona bo‘lishgani haqida

Microsoft o‘zining Surface Go plansheti uchun 30 soniyalik videoreklama tayyorladi va unda Apple’ning shunday gadjeti ustidan ochiqchasiga kuldi. Lavha qahramoni – 10 yashar qizcha buvisidan o‘ziga iPad olib bermaslikni so‘raydi. Qizchaning so‘zlariga ko‘ra, «olti yasharligida iPad yaxshi edi, endi esa unga haqiqiy kompyuter kerak». Tabiiyki, bu yerda «haqiqiy kompyuter» deganda yengillashtirilgan Windows 10 Home S tizimida ishlovchi Surface Go plansheti nazarda tutilgan.

Qizig‘i shundaki, Microsoft reklamada shunchaki Apple planshetiga shama qilib ham qo‘ymasdan, iPad nomini aniq aytgan. To‘g‘ri, avvallari Huawei va Samsung ham kupertinolik raqib ustidan kulishgan, ammo bu darajada emas...

Bu kabi antireklamalarga qaramasdan, Apple planshetlari va boshqa mahsulotlari hamisha o‘z xaridorini topib kelayotir. Jumladan, Terashop.uz internet-do‘konimizda Apple iPad mini 4 Wi-Fi modelini 3 020 000 so‘mga sotib olish, iPad 6 4G 2018 32GB qurilmasini esa 3 599 000 so‘mga xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!