Microsoft patentlashtirgan «marhumlarni tiriltirish» texnologiyasi nimasi bilan xavfli?

  •   DiMaX
  •  1052
  •  11.12.2020 10:58

Microsoft patentlashtirgan «marhumlarni tiriltirish» texnologiyasi nimasi bilan xavfli?

Yaqinda olingan texnik patentlarni kuzatib, jurnalistlar Microsoft’ning antiqa g‘oyasiga duch kelishgan. Unda tavsiflangan texnologiya real insonlar va ularning biologik ma’lumotlari haqidagi axborotlar asosida ishlaydi va kishining «raqamli nusxasi»ni yaratishni ko‘zda tutadi.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Yangi patent bir qarashda xavfsiz tuyuladi – u rasman «Aniq insonning subatlashuvchi chat-botini yaratish» deb nomlangan. Lekin bu yerda gap shunday shaxslantirilgan chat-botlar haqida ketyaptiki, ularga aniq bir kishining shaxsiy ma’lumotlari (uning surati, ovozi, ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlari va hokazo) yuklanadi. Keyin esa tizim shu insonning xulqi, so‘zlashuv ohangi, fikrlash uslubi kabilarga maksimal darajada taqlid qila oladi. Aytish mumkinki, internetda (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar...) siz bilan o‘sha odamning o‘zi emas, balki uning nomidan raqamli nusxasi – chat-bot muloqot qilishi mumkin va buni farqlay olmaysiz.

Shubha yo‘qki, qishi shaxsining bu qadar aniq digital nusxasini yaratish – sun’iy ong taraqqiyotining yangi bosqichidir. Biroq buning oqibatlari turlicha bo‘lishi bilan birga, xavotirli ham. Input nashrining ta’kidlashicha, bu texnologiyani qo‘llab, allaqachon olamdan o‘tgan kishilarning muloqot tarzini butkul takrorlay oluvchi ovozli chat-botlar yaratish mumkin bo‘ladi.

Garchi texnologiyaning rivoji bu qadar xavotirli darajaga yetib bormasa va Microsoft faqat hozirda yashayotgan insonlarning virtual nusxasini yaratishni ko‘zda tutsa ham, baribir u muammolar keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi nashr. Masalan, bunday chat-botlar orqali kiberjinoyatlarni amalga oshirish osonlashadi.

Kelajakda firibgarlar mazkur texnologiyalarni qo‘lga kiritib olib, oddiy kishiilarni aldashda chat-botlardan foydalanishlari hech gap bo‘lmay qolishi mumkin. O‘shanda kiberfiribgarlik davri kelishi, kishilarning mablag‘lari hamda shaxsga oid ma’lumotlarini egallab olish yuqori bosqichga chiqishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: IIV va UZCARD ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!