Microsoft Qualcomm Snapdragon chipida ishlaydigan planshetni sotuvga chiqarishi mumkin

Microsoft Qualcomm Snapdragon chipida ishlaydigan planshetni sotuvga chiqarishi mumkin

Bundan bir necha kun oldin Microsoft kompaniyasi Qualcomm hamkorlik borasidan kelishuvga erishgani va yaqin kelajakda Windows 10 dasturi Snapdragon chipida ishlaydigan qurilmalarda paydo bo‘lishi haqida saytimizda xabar qilgan edik.

PatentlyApple saytining  kuni kecha bergan ma’lumotlariga ko‘ra, kelayotgan payshanba kuni Microsoft Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkaziladigan dasturchilarga bag‘ishlangan konferensiyada bir kristalli Qualcomm Snapdragon protsessorida faoliyat ko‘rsatadigan noutbuk hamda planshetlarni namoyish qilishi mumkin ekan.

Mazkur qurilmalarga, manbaning qayd etishicha, uyali modem o‘rnatiladi. SoC Qualcomm Snapdragon protsessori esa gadjetlarga sezilarli darajada kamroq energiya sarflashiga imkoniyat beradi. Microsoft’ning yangi plansheti esa Windows 10 dasturida ishlashi ma’lum qilingan.

Qualcomm Snapdragon protsessori bilan quvvatlangan va Windows 10 dasturida ishlaydigan Microsoft kompaniyasining yangi gadjetlari 2017 yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqadi.