Microsoft: «Shu ikki mamlakat xakerlari koronavirus vaksinasi tayyorlayotgan kompaniyalarga hujum qildi!»

  •   DiMaX
  •  566
  •  14.11.2020 08:48

Microsoft: «Shu ikki mamlakat xakerlari koronavirus vaksinasi tayyorlayotgan kompaniyalarga hujum qildi!»

Microsoft oxirgi oylarda Rossiya va KXDRdagi davlat bilan aloqador guruhlarning farmatsevtika hamda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqayotgan kompaniyalarga xakerlik hujumlarini amalga oshirganini qayd etdi. Bu haqda korporatsiya vitse-prezidenti Tom Bert ma’lum qildi.

O‘QING: Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...

Vitse-prezident hujumlarda Rossiyadagi Strontium hamda KXDRdagi Zinc va Cerium guruhlarini aybladi. Strontium shuningdek, Fancy Bear nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, u 2016 yilda AQSh demokratik partiyasi rahbariyatining serverlarini buzishda ayblangan.

Bertning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar nishoni Kanada, Fransiya, Hindiston, Janubiy Koreya va AQShdagi yettita yirik kompaniya bo‘lgan. Ularning aksariyati koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazmoqda, yana biri tadqiqot kompaniyasi bo‘lib, bir kompaniya esa koronavirusni aniqlaydigan test ishlab chiqqan.

Ushbu hujumlar Microsoft ishlab chiqqan himoya tizimi tomonidan qaytarildi, deb yozdi Bert. Korporatsiya xakerlar nishoniga aylangan barcha kompaniyalarni hujumlar haqida xabardor qilgan.

Sentyabr oyida Microsoft Rossiya, Xitoy va Eron xakerlari AQShdagi bo‘lajak saylovlar bilan bog‘liq tizimlarga hujum qilishga uringanini ma’lum qilgandi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!