Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10’ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  818
  •  16.02.2018 10:36

Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10’ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi

Windows 10 Mobile platformasining umri tugaganligini tan olgan Microsoft kompaniyasi endi smartfonlar uchun ilovalar ishlab chiqayotganidan xabaringiz bor. Korporatsiya bunda ilovalarning kompyuterlar uchun ishlab chiqilayotgan Windows operatsion tizimi bilan imkon qadar integratsiyasini ham nazarda tutadi.

O‘QING: Microsoft’ning yangi ilovasi smartfoningiz blokirovka ekraniga qo‘shimcha imkoniyatlar baxsh etadi

Microsoft korporatsiyasining Photos Companion deb atalgan yangi dasturi iOS hamda Android tizimli smartfonlardagi fotosuratlarni Windows 10 tizimida ishlovchi kompyuterga tezkorlik bilan va oson ko‘chirish imkonini beradi.

Buning uchun, smartfonni ham kompyuter ulanib turgan Wi-Fi tarmog‘iga ulash kerak bo‘ladi. So‘ng kompyuterning «Fotosuratlar» («Fotografii») dasturidagi QR-kodni smartfondagi Photos Companion ilovasi yordamida skanerlaysiz. Keyin esa smartfondagi ko‘chirilishi kerak bo‘lgan suratlarni tanlab, «Tayyor» («Done») tugmachasini bosasiz. Rasmlar tezda kompyuteringizga nusxalab o‘tkaziladi.

O‘QING: Har qanday Android-smartfonni endi Windows 10’ga aylantira olasiz!

Kompyuteringizning «Fotosuratlar» dasturida QR-kod ko‘rsatilishi uchun, ekranning yuqori o‘ng burchagidagi «Import» tugmachasini bosish va «Wi-Fi tarmog‘i orqali mobil qurilmadan» («S mobilnogo ustroystva po seti Wi-Fi») bandini tanlash lozim. Agarda ro‘yxatda bunday band yo‘q bo‘lsa, u holda dasturning parametrlarini oxirigacha varaqlab borib, «Funksiyalarning dastlabki versiyalarini ko‘rsatish» («Pokazat predvaritelnie versii funksiy») bandini faol holatga keltirib qo‘ying. So‘ng «Fotosuratlar» dasturini bitta o‘chirib, qaytadan ochsangiz, «Import» menyusida «Wi-Fi tarmog‘i orqali mobil qurilmadan» bandi yana ko‘rinib qoladi.

Aytish kerakki, Photos Companion ilovasi – tajribaviy servislar bilan shug‘ullanuvchi Microsoft Garage jamoasining mahsulotidir. Kompaniyadan ta’kidlashlaricha, mazkur ilova, ayniqsa, talabalarga juda qo‘l keladi – smartfonidagi fotosuratlarni o‘quv kompyuterlariga o‘tkazish qulaylashadi.

Photos Companion ilovasini o‘rnatib olish uchun Apple mobil qurilmalari egalari mana bu havola yordamida iTunes’ga, «yashil robotchali» smartfon sohiblari esa mana bu havola orqali Google Play katalogiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Microsoft Edge brauzerini endi iOS va Android-qurilmalarga bemalol o‘rnatish mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!