Microsoft Snapdragon 8cx Gen 3 chipiga ega bo‘lgan noutbuk chiqarmoqda

Microsoft Snapdragon 8cx Gen 3 chipiga ega bo‘lgan noutbuk chiqarmoqda

Yaqinda GeekBench ro‘yxati yangi Microsoft Surface noutbukiga oid qiziqarli ma’lumotni oshkor qildi. Unga ko‘ra, yangi qurilma Windows operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan ARM asosidagi Snapdragon 8cx Gen 3 flagman chipseti bilan jihozlanadi. 

Model nomi Surface qurilmalarining oldingi kod nomlariga mos keladigan ko‘rinadi, “EV2“ belgisi esa mahsulot apparat sinov bosqichiga yoki uskunani tekshirish testiga (EVT) kirganligini ko‘rsatadi. Ushbu bosqichda ishlab chiqaruvchi tashqi va ichki dizaynni yakunlashdan oldin apparatdagi hamma narsa to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qiladi. 

GeekBench natijalari shuni ko‘rsatadiki, chip ko‘p yadroli testda 25 vatt quvvatga ega Intel va AMD protsessorlari bilan raqobat qilishi mumkin. Masalan, Intel Core i7-1165G7 GeekBench'dagi ko‘p tarmoqli ish yuklarida pastroq ball oladi. Biroq Intel va AMD chiplari bir yadroli testda hali ham Snapdragon'dan yuqori ball to‘play oladi. 

O‘QING: Intel Core i9 vs Apple M1 Max — qay biri kuchliroq? 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!