Microsoft Surface Pro 4, Surface Book va boshqa yangiliklar

Microsoft Surface Pro 4, Surface Book  va boshqa yangiliklar

Microsoft kompaniyasi yaqindi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan taqdimotida yangi Surface Pro 4 gibridini va Surface Book noutbukini namoyish qildi.

Quyida ushbu yangiliklarga qisqacha tavsif beramiz.

Surface Pro 4 12.3 dyuymli displeyga ega, ekran sig‘imi 2736x1824 piksel va zichligi 267 ppi. Ushbu gadjet Intel Core oltinchi avlod protsessorlari bilan savdoga chiqadi. Tezkor xotirasi 16 Gbayt, doimiy xotirasi esa 1 Tbayt bo‘lishi, avvalgi avlodiga nisbatan tezligi 30%ga ortishi kutilmoqda. Tachpad shishadan yasalgan, 40% kattalashtirilgan, klaviaturasi noutbuknikidek va Microsoftning ilgarigi klaviaturalaridan ko‘ra yupqaroq. Planshetimizda 8 megapikselli kamera bor. Qurilma yupqalashib (8,4 mm) va yengillashib bormoqda. Bundan tashqari barmoq izini skanerlash funksiyasi mavjud.

4 USB 3.0, Ethernet va ikkita monitor ulash uchun portlar mavjud. Ekran maxsus qalamchasining zaryadi bir yilga yetadi.

Surface-Book

Surface Pro 4 shu yilning oktyabr oylarida, 899 dollar boshlang‘ich narxda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Kompaniyaning Surface Book noutbuki 13.5 dyuymli displeyga ega, zichligi 267 ppi, ekran sig‘imi 3000x2000 piksel.

Kompaniya vakillari klaviatura shovqinsiz ishlashini ta’kidlashmoqda, klaviatura yorug‘lik bilan ta’minlangan, 12 soatgacha ishlaydi. Intel protsessorlari, NVIDIAdan diskret grafika, GDDR5 uskunaning tez va mahsuldor ishlashiga kafolatdir.

Surface Bookning ekranini klaviatura blokidan yechib planshet kabi ishlatishingiz ham mumkin. Gadjet og‘irligi 720 gramm, 7.7 mm qilinlikda, klaviatura bilan birgalikda 1.5 kg tosh bosadi.

Eng oddiy konfiguratsiyali bu noutbuk 1499 dollar narxda oktyabr oyida savdoga chiqariladi.

Microsoftning navbatdagi yangiligi ikkinchi avlod fitnes trekeridir. Gadjetda organizm va atrof-muhit holatidan darak beruvchi 11 datchik mavjud: akselerometr-giroskop, yurak ritmini nazorat qiluvchi optik sensor, havo namligi, yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, terining harorati va galvanik reaksiyasini aniqlovchi sensorlar, GPS, sig‘im datchigi, mikrofon va barometr. Bu uskuna jismoniy faollikni kompleks tahlil qila oladi, uyg‘otgich sifatida ishlatish mumkin.

Ekrani qavariq bo‘lgan bu gadjet ham oktyabr oyida 249 dollar narxda sotilishi mo‘ljallanmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.