Microsoft Surface Pro 5 plansheti joriy chorakda namoyish etiladi

Microsoft Surface Pro 5 plansheti joriy chorakda namoyish etiladi

DigiTimes  saytining ma’lum qilishcha, Ultra HD aniqligidagi displey bilan jihozlanadigan Microsoft Surface Pro 5 plansheti 2017 yilning birinchi choragida namoyish etilishi kutilmoqda. Planshetning stilusi o‘z uyasida magnitli ulanish yordamida zaryadlanadi.

Qurilma Pegatron Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilishi aytilmoqda. Ushbu yangi planshet va o‘tgan yili e’lon qilingan Surface Studio mnobloki kompaniyaga o‘z moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. Joriy yilning birinchi choragida Microsoft 30 ming dona Surface Studio modelini tayyorlashga buyurtma bergan. Ushbu model zamonaviy texnik parametrlar va yuqori narxi bilan o‘z segmentida ajralib turadi.

Surface Pro 5 planshetiga tegishli boshqa texnik tafsilotlar hozircha oshkor qilinmayapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!