Microsoft ta’lim uchun ixtisoslashgan Windows 11 SE tizimini taqdim etdi

Microsoft ta’lim uchun ixtisoslashgan Windows 11 SE tizimini taqdim etdi

Bu Windows 11’ning yengil versiyasi bo‘lib, arzon noutbuklar uchun mo‘ljallangan.

Microsoft таълим учун ихтисослашган Windows 11 SE тизимини тақдим этди

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi ta’lim uchun Windows 11 SE operatsion tizimini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, bu Windows 11’ning yengil versiyasi bo‘lib, arzon noutbuklar uchun mo‘ljallangan. Oldingi versiyadan farqli o‘laroq yangi operatsion tizim uchinchi tomon dasturlarini o‘rnatishni bloklamaydi. Ma’lumot uchun, Windows 10S faqat Microsoft do‘konidagi ilovalar bilan ishlaydi.

Shuningdek, Windows 11 SE’da vidjetlar bo‘lmaydi, Teams va Office oldindan o‘rnatilmaydi. Barcha ilovalar to‘liq ekran rejimida ishlaydi.

Bundan tashqari, tizim hujjatlarni OneDrive’ga zaxiralaydi. Microsoft Windows 11 SE Google va uning Chrome OS operatsion tizimi bilan raqobatlashishini kutmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.