Microsoft uzoq kutilgan ishni amalga oshirdi

Microsoft uzoq kutilgan ishni amalga oshirdi

Microsoft o‘zining Windows 11 operatsion tizimi File Explorer dasturi uchun uzoq kutilgan xususiyat - tablarni qo‘shayotganligi haqida kecha, gibrid ishlash uchun bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qildi. Bu funksiya ilk marotaba 2018-yilda Windows 10 da test qilingan edi, lekin keyinchalik redmondlik kompaniya loyihani bekor qilgandi. Tablar xuddi brauzerlarda bo‘lgani kabi ishlaydi va hozircha ularning Windows 11 uchun qachon chiqarilishi noma’lum.

Shuningdek, kompaniya File Explorer'ni qayta dizayn qilgan va unga Quick Access papkalari, sevimli va yaqinda ochilgan fayllarni ko‘rsatib turuvchi Home boshsahifasi qo‘shilgan. Endilikda foydalanuvchilar istalgan faylni o‘zlarining sevimlilar qatoriga sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyudan qo‘shishlari mumkin bo‘ladi va bunday fayllar File Explorer bosh sahifasida qadalgan holda paydo bo‘ladi.

Shu va yana Windows'dan ish uchun foydalanadiganlar uchun bir qancha samaradorlik va xavfsizlik funksiyalari taqdim qilindi, ammo hozirda test jarayonida va aniq qaysi kuni chiqarilishi noma’lum.

O‘QING: Ilon Mask Twitter'ga o‘zgartirish kiritishni boshlab yubordi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!