Microsoft Windows 11'da sirli funksiyalarni sinayotgani fosh bo‘ldi!

Microsoft Windows 11'da sirli funksiyalarni sinayotgani fosh bo‘ldi!

Albacore nomli Twitter foydalanuvchisi Windows 11'ning so‘nggi sinov versiyasida Microsoft tomonidan ommaga aytilmagan bir qancha funksiyalar borligini aniqladi. Ana shunday funksiyalardan biri stikerlarni ish stoli fon rasmi sifatida qo‘yish bo‘lib, siz ularni faqat bitta monitorga o‘rnatishingiz mumkin.

Shuningdek, Albacore Windows 11'ga planshet rejimi qaytayotganligini ma’lum qildi. Uning aytishicha “Qurilmangizni planshet sifatida ishlatganda vazifalar panelini avtomatik ravishda yashirish” xususiyati vazifalar paneli sozlamasida qayta paydo bo‘lgan. 

Sozlamalarning tizimga oid menyusida barqarorlik bo‘limi ham topilgan. Bu tizimning energiya tejashida yordam beradi. 

Ushbu xususiyatlar insayderlarning hammasi uchun ham ochiq emas. Bir necha oylik sinovdan o‘tgach ular tizim yangilanishidan so‘ng barchaga tarqatilishi kutilmoqda.

O‘QING: Facebook va Instagram platformalari Yevropa Ittifoqi davlatlarida o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!