Microsoft Word’dagi maxfiy konverterni faollashtiramiz

  •   DiMaX
  •  1309
  •  04.09.2018 17:15

Microsoft Word’dagi maxfiy konverterni faollashtiramiz

Aksariyatimizning kompyuterda ishimiz tushadigan dastur – Microsoft Word matn muharriri bo‘ladi. Lekin tan olishimiz kerakki, uning ham ko‘p imkoniyatlaridan foydalanishni bilmaymiz.

O‘QING: Vaqtida saqlanmagan Word faylini qanday qilib qayta tiklash mumkin?

Jumladan, ushbu dasturda turli birliklarni biridan ikkinchisiga o‘giruvchi konvertor mavjudligini siz ham bilmasligingiz mumkin. Word-fayldagi matnda funt, yard, gallon kabi biror noma’lum o‘lchov birligiga duch kelganingizda, uni anglab olish uchun siz ham chet konverterga yoki internetga murojaat etsangiz kerak.

Lekin Microsoft Word’ning o‘zida shu kattaliklarni boshqa birlikka o‘girib berish funksiyasidan foydalanish qulayroq. To‘g‘ri, bu ruscha matnda to‘liq ishlaydi, ammo bizga notanish birliklar ham aynan ruscha va boshqa xorijiy tillardagi matnlarda uchraydi-ku!

Xullas, Microsoft Word’dagi konverterni faollashtirish uchun mana bu amallarni bajarasiz:

  1. «Fayl» tugmachasini bosib, «Parametrlar»«Parametri»ni ochasiz.
  2. «Imlo», ya’ni «Pravopisaniye»ga kirib, «Avtomatik almashtirish parametrlari»«Parametri avtozameni»ga o‘tasiz.
  3. Shu yerdagi «Harakatlar»«Deystviya» varaqasiga o‘tasiz va «Kontekst menyudagi qo‘shimcha harakatlarni yoqish», ya’ni «Vklyuchit dopolnitelnie deystviya v kontekstnoye menyu» bandiga belgicha qo‘yasiz.
  4. «O‘lchov birliklarini almashtirish», ya’ni «Preobrazovaniye yedinits izmereniya» bandini ham belgilab, «OK»ni bosasiz.

Endi matnda biror noma’lum o‘lchov birligiga duch kelsangiz, uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertib, «Qo‘shimcha harakatlar»«Dopolnitelnie deystviya» orqali o‘zingizga tanish birlikka o‘gira olasiz.

Xuddi shu usul bilan bu funksiyani PowerPoint dasturida ham ishga tushirish mumkin, lekin u ko‘proq Word foydalanuvchilariga asqotadi.

O‘QING: Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.