Microsoft yana ko'chirmachilik qilmoqda!

Microsoft yana ko'chirmachilik qilmoqda!

Windows'da siz butun tizim uchun audio ovozini past baland qilishingiz mumkin, lekin har bir ilova uchun ovozni individual boshqarish xususiyati mavjud emas. Shu yerda EarTrumpet nomli uchinchi tomon ilovasi yordamga keladi. Biroq, tez kunda Windows 11 foydalanuvchilari uchun u kerak bo'lmay qolishi mumkin – Microsoft uni operatsion tizimga ko'chirib olmoqda.

Windows 11 Volume Mixer

Windows 11'ning so'nggi test versiyasida (Insider Build 25281) tizimdagi har bir ilova ovozini individual boshqarish imkoniyati paydo bo'ldi. Yangi Volume Mixer funksiyasi EarTrumpet bilan deyarli bir xil. Ma'lum bo'lishicha, unga siz vazifalar panelidan kirishingiz va kompyuteringizga o'rnatilgan har bir dasturdan chiqayotgan ovozni baland yoki past qilishingiz mumkin.

EarTrumpet

EarTrumpet dasturiga keladigan bo'lsak, u 5 yil avval sobiq Microsoft muhadisi Deyv Amenta va Microsoft'ning eng qimmatli mutaxassisi deb topilgan Rafael Rivera tomonidan ishlab chiqilgan va u ko'pincha "Windows uchun yetishmayotgan funksiya" deya ta'kidlab kelinadi. U hatto Microsoft'ning o'z ilovalar do'konida Windows uchun eng yaxshi ilovalardan biri deb topilgan

O'QING: Wikipedia'ning asosiy veb-sahifasi so‘nggi 10 yilda ilk marta yangilandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!