Microsoft yangi konsoli – Xbox Series X va geympadini taqdim etib, kulgiga qoldi (+videolar va memlar)

  •   DiMaX
  •  1290
  •  16.12.2019 15:57

Microsoft yangi konsoli – Xbox Series X va geympadini taqdim etib, kulgiga qoldi (+videolar va memlar)

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yillik The Game Awards sovrini taqdimotida Microsoft korporatsiyasi yangi avlod o‘yin pristavkasini namoyish qildi. Xbox Series X nomini olgan bu qurilma o‘ta kutilmagan dizaynga ega bo‘lib chiqdi.

O‘QING: The Game Awards 2019’da ko‘rsatilgan 31 ta eng qiziq video

Mazkur qurilmani gorizontaliga ham, vertikal holatda ham qo‘yib ishlatish mumkin. Xbox bo‘limi boshlig‘i Fil Spenser so‘zlariga ko‘ra, yangi konsol One X modelidan naq to‘rt karra qudratli!

Keling, Xbox Series X’ning rasmiy treylerini tomosha qilamiz:

Xabar qilinishicha, Xbox Series X devaysi Radeon RDNA hamda AMD Zen 2 kastom arxitekturasini qo‘llaydi. NVMe turiga mansub ichki xotira o‘yinlarning yuklanishini tezlashtiradi. Konsol 8K formatida, soniyasiga 120 kadr chastotali ekranlar bilan bilan ishlay olishi aytilmoqda.

O‘QING: «Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqdi, uni siz ham tekinga olishingiz mumkin!

Shu bilan birga, kompaniya yangi pristavkasida Hellblade 2 o‘yinini ham qo‘yib ko‘rsatdi. Ninja Theory studiyasi uni aynan shu yangi avlod konsoli uchun ishlab chiqqan:

Garchi dizaynini to‘liq namoyish qilgan bo‘lsa-da, Microsoft hozircha Xbox Series X grafik tezlatgichining xususiyatlarini sir tutmoqda. Shunga qaramay, GameSpot saytiga bergan intervyusida Fil Spenserning ta’kidlashicha, Helblade 2 namoyishida qo‘llangan grafika konsolda real vaqt rejimida ishlovchi o‘yin dvijogida qilingan. «Biz Xbox One’ni tubdan yangilashga qaror qilganmiz. Shu tariqa, Series X grafik protsessori Xbox One’nikidan sakkiz baravarga, One X’nikidan esa ikki karraga qudratlidir», degan u.

O‘QING: Xbox o‘yinlarini endi smartfon va planshetda o‘ynay olasiz!

Bundan tashqari, Microsoft ushbu marosimda o‘zining yangi geympadini ham ko‘rsatdi. Spenserning ta’kidlashicha, uning o‘lchami va shakli yaxshilanib, ko‘pchilikka mos holga keltirilgan. Shuningdek, o‘yin jarayonida skrinshotlar olish hamda videoroliklar yaratishni osonlashtirish maqsadida unga yangi – Share tugmachasi qo‘shilgan.

Yangilangan kontroller Xbox Series X jamlanmasiga kiritiladi; u yana Xbox One pristavkasiga hamda Windows 10 tizimli kompyuterlarga ham tushadi.

O‘QING: Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

Rasmiy taqdimotidan keyin Xbox Series X dizayni sababli ko‘plab masxaralarga sabab bo‘ldi. Internetda uni turli boshqa narsalarga o‘xshatib memlar yasab tarqatishmoqda:

Xbox Series X konsoli Auto Low Latency Mode (ALLM) hamda Dynamic Latency Input (DLI) rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi va shu sababli tarixda eng tezkor pristavka bo‘lishi aytilmoqda. Microsoft hozircha uning narxini va bozorga chiqarilish vaqtini ma’lum qilmagan.

O‘QING: O‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!