Microsoft yangi – Surface Laptop 4 noutbukining reklama videosida Apple’ni masxara qildi

  •   DiMaX
  •  629
  •  27.04.2021 11:45

Microsoft yangi – Surface Laptop 4 noutbukining reklama videosida Apple’ni masxara qildi

Eslasangiz kerak, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdim etilishi bilan ikkita kompaniya Apple ustidan kulgan edi. Xiaomi yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlagich yo‘qligini, Samsung esa raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan. Keyinchalik ular safiga OnePlus ham qo‘shilib, kupertinoliklarni kalaka qilgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Kupertinolik gigant yana masxara ob’yektiga aylandi – bu gal Microsoft korporatsiyasi Surface Laptop 4 noutbukining reklamasida uni kalaka qildi. Atigi 30 soniyalik videolavhada ushbu mahsulotni MacBook Air bilan taqqoslab ko‘rsatishgan. Shu vaqtning o‘zida Windows-laptopning Apple gadjetidan bir qator ustunliklarini ko‘rsatib berishgan.

Microsoft noutbukini reklama qilayotgan aktyorlar, birinchi navbatda, uning asosiy o‘ziga xosligi – sensor ekranini ta’kidlashgan; MacBook Air modelida bunaqa displey qo‘llanmagan. Surface Laptop 4 modelining geymerbop imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, Windows bilan taqqoslaganda Mac platformasida o‘yinlar tanlash imkoni kamligi aytib o‘tilgan.

Shu bilan birga, Microsoft mahsuloti korpusida USB Type-A hamda Type-S portlari mavjudlini, uning qadoqdanoq Xbox kontrollerlari bilan ishlay olishi ham namoyish etilgan.

Aytish kerakki, Microsoft Surface Laptop 4 noutbukini ikki xil – AMD Ryzen 4000 yoki 11-avlod Intel Core protsessorli konfiguratsiyada sotib olish mumkin. Ularda 32 gigabaytgacha hajmli tezkor xotira hamda 1 terabaytgacha o‘lchamli SSD-saqlagich qo‘llangan. Avtonomligi 19 soatgacha yetishi da’vo qilinayotgan gadjet narxi ham chakkimas – 999 dollardan boshlanadi.

O‘QING: TOP-10: eng tezkor va ommabop SSD-disklar (Master Lu reytingi, 2021 yil 1-chorak)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!