Microsoft'dan qurilmalaringiz uchun himoya vositasi

Microsoft'dan qurilmalaringiz uchun himoya vositasi

Microsoft kompaniyasi o'zining Microsoft Defender nomli ilovasini to'rtta asosiy platformalar uchun chiqardi. Microsoft 365 bir qismi sifatida mavjud bo'lgan xizmat qurilmlar uchun onlayn va mahalliy tahdidlardan himoya taklif qiladi.

Windows Defender (hozirda Windows Security'ga o'zgargan) dan farqli ravishda Microsoft Defender ilovasi xavfsizlik ehtiyojlaringiz uchun bir martalik yechim bilan ta'minlaydi. Windows va macOS operatsion tizimlari Microsoft Defender avvaldan o‘rnatilgan yoki uchinchi tomon antivirusi bilan birga ishlaydi, shu bilan birga internetdagi fishing hujumlaridan himoya qiladi, shuningdek, ilova oʻrnatilgan boshqa qurilmalaringizning xavfsizlik holatini koʻrsatadi va u haqida ogohlantirishlar beradi.

Android'da esa Microsoft Defender o'zining antivirusi va o'rnatilgan va yangi yuklab olingan ilovalarni zararli dasturlar uchun skanerlash xususiyatiga ega, shu bilan birga, u kompyuter ilovalari kabi veb-himoya bilan ham ta'minlaydi. iOS'ga kelganda ilova eng kam foydali hisoblanadi, chunki u faqat veb-himoyani o'z ichiga oladi, lekin unda ham boshqa qurilmalaringizning xavfsizlik holatini ko'rib turishingiz mumkin.

Microsoft Defender'ni barcha Windows, macOS, Android va iOS uchun bepul yuklab olish mumkin, lekin u Microsoft 365 obunasini talab qiladi.

O'QING: O'zbekistondagi kiberjinoyatchilik holati haqida ma'lumot berdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.