Microsoft'ni to‘xtatib bo‘lmayapti! U Windows 12'ni chiqarmoqchi

Microsoft'ni to‘xtatib bo‘lmayapti! U Windows 12'ni chiqarmoqchi

Aslida Windows 10 Microsoft'ning so‘nggi Windows versiyasi bo‘lishi kerak edi, ammo kompaniya rejalarini o‘zgartirdi va o‘tgan yili Windows 11'ni chiqardi. 

Microsoft bu bilan to‘xtab qoladiganga o‘xshamaydi. Bir qancha manbalarning xabar berishicha, kompaniya kelayotgan mart oyidan boshlab Windows 12 ustida ishlashni boshlaydi, lekin bu yangi operatsion sistemani tez orada ko‘rishimizni anglatmaydi, chunki ma’lumotga ko‘ra, Windows 12 deyarli to‘liq boshidan, noldan boshlab yangi struktura bilan yaratilishi mumkin. Umuman, olganda Windows 10'dan keyin Windows 11'ning chiqishi 6 yildan so‘ng ro‘y bergan. 

Shuningdek, ayrim manbalar Windows 12 bir emas ikkitadan TPM modulini talab qilish haqida aytishdi, lekin keyinchalik bu hazil ekanligini aytishdi, ammo, shuni aytish kerakki, Windows 12'ni o‘rnatishda ham internet va MS akkaunt talab qilinishi, Microsoft Pluton chiplari bilan integratsiya bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga voz kechilgan Windows 10X xususiyatlari Windows 12 uchun qo‘llanishi mumkinligi aytilgan. 

Afsuski, hozircha Microsoft Windows 12 haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan, shunday ekan Windows'ning davomchisi biz kutganimizdek bo‘lmasligi ham mumkin. 

O‘QING: Windows 11 o‘rnatish qiyinlashmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.