Microsoft’ning yangi brauzeri xatosini toping – 30 ming dollargacha mukofot bor!

  •   DiMaX
  •  689
  •  26.08.2019 11:00

Microsoft’ning yangi brauzeri xatosini toping – 30 ming dollargacha mukofot bor!

Nufuzli kompaniyalar o‘z mahsulotlaridagi xatoliklarni aniqlagan dasturchi va foydalanuvchilarni rag‘batlantirib borishlaridan xabaringiz bor. Jumladan, Google yaqinda saxiyligini namoyish etgan: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot olish mumkin!

O‘QING: Nohalol kurash: Microsoft ochiqchasiga Google Chrome’ga qarshi chiqa boshladi

Microsoft ham shu yo‘lni tutdi – u o‘zining yangi Chromium Edge brauzeri xatoligini topgan dasturchilarni taqdirlamoqchi. Demak, Bill Geyts kompaniyasi o‘z ilovasining xavfsizligiga o‘ta jiddiy qaramoqda.

Edge Insider Bounty deb nomlangan mazkur rag‘batlantirish dasturi doirasida Microsoft butun dunyodagi kiberxavfsizlik mutaxassislarini Chromium Edge brauzeri himoyasidagi zaifliklarni aniqlashga chorlamoqda. Rag‘batlantirish tariqasida esa kompaniya, topilgan nuqsonning jiddiyligidan kelib chiqib, ming dollardan to 30 ming dollargacha mukofot e’lon qilgan.

Ushbu brauzer yordamida har xil qalbakilashtirish (falsifikatsiya) ishlarini amalga oshira olganlik haqida Microsoft’ga hisobot jo‘natib, ming dollardan olti ming dollargacha mukofot olish mumkin. Shaxsiy ma’lumotni aniqlash va masofadan turib kodni bajarish kabi ishlar uchun 1000–6000 dollar «narx» belgilangan. Eng yuqori miqdordagi – 30 ming dollarlik mukofotini qo‘lga kiritish uchun esa «Foydalanuvchi huquqlarini oshirish» hamda «Windows Defender ilovalar himoyachisi»ni cheklashdek ikkita amalni bajarishga imkon beruvchi zaiflikni topishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!