Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

  •   DiMaX
  •  934
  •  09.09.2019 16:54

Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Windows 10 operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan Microsoft Your Phone dasturi (o‘zbekchada «Telefoningiz« deb nomlangan) kompyuterni hamda Android-smartfonni yagona ekotizimga birlashtirish imkonini beradi. Uning yangilangan versiyasi esa g‘ayrioddiy funksiyaga ega bo‘lyapti!

O‘QING: Windows 10 kompyuterdan SMS yuborishni o‘rgandi

Endi ushbu ilova yordamida kompyuteringizdan turib nafaqat smartfoningizdagi fayllarni ko‘rishingiz, balki telefoningizni cho‘ntakdan chiqarmay turib qo‘ng‘iroq qilishingiz ham mumkin bo‘ladi!

Ajith nikli insayder ushbu ilovaning yangi talqinidan olingan skrinshotlarni Twitter tarmog‘ida e’lon qildi. Unga qaraganda, dasturda yangi – «Qo‘ng‘iroqlar» («Zvonki») varaqasi paydo bo‘lyapti. Unga kompyuterdan kirib, smartfoningiz kontaktlaridan kerakli raqamni izlashingiz, kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishingiz imkoni tug‘iladi.

Microsoft Your Phone dasturi yordamida yana Android-smartfoningizga kelgan bildirishnomalar va matnli xabarlarni ham ko‘ra olasiz. Ushbu dasturning ishlashi uchun kompyuteringiz Windows 10 tizimli, smartfoningiz operatsion tizimi esa Android 7.0 yoki undan yangi versiyada bo‘lishi talab etiladi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Your Phone’dagi qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ayni damda beta-test jarayonida bo‘lib, barcha foydalanuvchilar uchun keyinroq taqdim etiladi.

O‘QING: Android’da SMS o‘chib ketsa uni qanday tiklaymiz?