Mijozlarini qayg‘urgani uchun Apple’ni sudga berishdi!

  •   DiMaX
  •  847
  •  11.02.2019 11:01

Mijozlarini qayg‘urgani uchun Apple’ni sudga berishdi!

Apple yuristlariga hech tinim yo‘q – bo‘lar-bo‘lmasga korporatsiyani sudga beruvchilar ko‘p. Da’vogarlar orasida chindan ham haq bo‘lganlari bor, ammo aksariyati...

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Qualcomm ustidan bo‘layotgan sudda Apple jarimaga tortildi!

Kaliforniyalik foydalanuvchilardan biri juda g‘alati sababga ko‘ra Apple ustidan sudga ariza berdi. Uning da’vo qilishicha, ikki bosqichli autentifikatsiya tizimi foydalanuvchilarning juda ko‘p vaqtini olib qo‘ymoqda! Bundan tashqari, ushbu usulni bekor qilishga ham foydalanuvchilar so‘raganidan so‘ng 14 kun o‘tibgina ruxsat beriladi.

Da’vogarga ko‘ra, Apple ikki bosqichli autentifikatsiyani faollashtirish uchun o‘z foydalanuvchilarining roziligini so‘rab ham o‘tirmaydi. Bu usul esa «akkauntga kirish uchun parolni eslab qolishni, ishonilgan qurilma yoki telefon raqami yonida bo‘lishini talab etadi».

Arizada qayd etilishicha, ayrim hollarda autentifikatsiya jarayoni foydalanuvchilarning ko‘p vaqtini olib qo‘yyapti va ularga moddiy ziyon ham yetkazyapti. Da’vogar mazkur metodni sud yo‘li bilan bekor qilishni va Apple’ni jarimaga tortishni talab etyapti. Hozircha bu ish bo‘yicha sud qarori e’lon qilingani yo‘q.

O‘QING: Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!