Mijozlarini sotmagani uchun Telegram bloklanishi va €55 mln.gacha jarimaga tortilishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1236
  •  12.06.2021 14:24

Mijozlarini sotmagani uchun Telegram bloklanishi va €55 mln.gacha jarimaga tortilishi mumkin

Der Spiegel nashri jurnalistlari Pavel Durovga bag‘ishlangan yangi surishtiruvni e’lon qilishdi. Mazkur jarayon davomida Germaniya hukumati uning Telegram messenjeriga qo‘ygan talab oshkor bo‘lgan.

O‘QING: Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya Adliya vazirligi Telegram ma’muriyatidan mamlakat qonunchiligiga muvofiq harakat qilishni talab qilmoqda. Mazkur talab doirasida ushbu messenjer foydalanuvchilarining ma’lumotlari tergovchilarga taqdim etilishi hamda jinoyatchilikka daxldor kontent tezkorlik bilan yo‘q qilib borilishi lozim.

Manbalarga ko‘ra, Telegram’ga nisbatan ish boshqa bahona bilan ochilgan: emishki, messenjer ma’muriyati Germaniya hukumati bilan muloqot qiluvchi vakil belgilamagan. Shu bilan birga, jinoyatchilikka daxldor materiallar ustidan tushgan shikoyatlar borasida messenjer maxsus xizmatlarga ma’lumot bermagani ham aytilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu ish natijasida Telegram messenjeri 55 million yevrogacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Bundan tashqari, Germaniya Ichki ishlar vazirligidagi yetakchi lavozim egalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, agar Telegram hamkorlik qilmasa, messenjer mazkur mamlakatda bloklanishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!