Mikrofotografiya konkursi: g‘oliblar aniqlandi

  •   Saroy
  •  725
  •  20.10.2018 15:51

Mikrofotografiya konkursi: g‘oliblar aniqlandi

Qo‘ng‘iz ko‘zi, o‘rgimchak embrioni, aridagi burga, insonning ko‘z yoshi — shularning hammasini Small World Photomicrography Competition konkursida tanlab olingan eng zo‘r yigirmata suratlarda ko‘rish mumkin.

Nikon firmasi o‘zining 44 chi konkursini o‘tkazmoqda. Har safar konkursga mikroskopik darajada kichkina ob’yektlar keladi, fotosuratlar kishini hayratlantiradigan darajada kutilmagan holatlari bilan konkursda bellashadi. 2018 yilda birinchi sovrin BAA dan Yusuf Al Xabshiga berildi. U Metapocyrtus subquadrulifer qo‘ng‘izining ko‘zini 20 barobar kattartirib suratga olgan. Surat shunchalik kichkinaki, undagi tasvir yozilmaganda nima aks ettirilganini topish qiyin bo‘lardi.

O‘QING:1948 yilda chiqarilgan Nikon fotoapparati 384 000 yevroga sotildi

Paporotnik fersi (tuzulishi, o‘rchish organlari tarkibi

Ikkinchi o‘rinni panamalik fotosuratchi Roxelio Moreno egalladi. U paporatnik sorusini, ya’ni o‘rchish organlarini suratga joylagan. Ozgina fosforlashgan yorqin o‘rchish organi baxmal-alvon fonda juda chiroyli ko‘ringan.

Uchinchi o‘rin amerikalik  Saulyus Gugisga tegdi. U o‘zining shaffof tomchi ichidagi inida turgan chirildoq surati uchun shunday martabali o‘ringa munosib ko‘rildi. Chirildoq shaffof himoya g‘umbagida yashirinib olib o‘simlik shoxini so‘rmoqda.

O‘QING:Nikon yangi D3400 kamerasini taqdim etdi

To‘rtinchi o‘rin turkiyalik fotaapparat ustasi Kan Tunserga tovus pati fotosurati uchun berildi. Amerikaning Garvard universitetidan  Tessa Montegyu ibeshinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Montegyu o‘rgimchak embrionini suratga olgan (o‘rgimchakda embrion bo‘lishi haqida jiddiy o‘ylaganlar ham bor ekanda).

Nikon tanlagan g‘oliblar yigirmataligida, inson ko‘z yoshi, kapalak qanotining 20 barobarga kattalashtirib olingan surati, Afrika qovog‘arisining nishidagi zahar va aminokislotalarning ranggi ham bor.

O‘QING:CES 2016: Nikon`dan yangi fotoapparatlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.