Mikrotermometr

Mikrotermometr

Yaponiyalik olimlar guruhi maxsus siyoh yordamida tanaga yopishtirib yuriladigan mikrotermometrni namoyish qildi. Ixtiro jarayonida Tokio universiteti professori Takao Someya tomonidan yaratilgan elektr o‘tkazuvchi qurilma hamda issiqlik ta’sirida kengayish xususiyatiga ega siyohdan foydalanildi.

Uning qalinligi bor yo‘g‘i 15 mikrometr bo‘lib, u ultra-yupqa plyonkada ishlangan. Mutaxassislarning aytishicha, issiqlik sensorini hosil qilish uchun siyohni polimer plyonkaga surtiladi va inson tanasiga yopishtirib qo‘yiladi.

Olimlar mikrotermometrni tibbiyot soxasida qo‘llash maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Masalan, u operatsiyadan chiqqan bemorlar yoki chaqaloqlarning tana haroratini doimiy monitoring qilib borishga yordam beradi.

Termometr uch yildan keyin sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan, deydi loyiha rahbari Takao Someya. Eng muhimi, termometning tannarxi qimmat emas. Shu bois, u ancha xaridorgir bo‘lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!