Milliard martadan ko‘p o‘rnatib olingan navbatdagi Samsung ilovasi

  •   DiMaX
  •  951
  •  24.05.2021 10:45

Milliard martadan ko‘p o‘rnatib olingan navbatdagi Samsung ilovasi

Bir yaqinda Google Play tarixida 5 milliarddan oshiq yuklab olingan uchinchi «chetki» ilova haqida ma’lumot bergan edik. Endi esa Samsung Electronics kompaniyasining yana bitta ilovasi ushbu katalogdan o‘rnatib olish borasida milliardlik dovondan oshdi.

O‘QING: Koronavirusni bir daqiqadayoq aniqlovchi ilovani yuklab oling!

Shu paytgacha janubiy koreyalik gigantning Samsung Internet, Samsung Email, Samsung Voice Recorder va boshqa ayrim dasturiy ta’minot mahsulotlari milliard martadan ziyod ko‘chirib olingan edi. Endi esa ular safiga Samsung Notes ilovasi ham qo‘shildi.

Samsung Notes mazkur kompaniyaning mobil qurilmalarga mo‘ljallangan ilovalari orasida muhim o‘rin tutsa-da, barcha Galaxy gadjetlariga o‘rnatilavermaydi. Buning sababi – u dastlab S Pen stilusi bilan ishlash uchun yaratilgan, mazkur aksessuar esa yaqinlargacha faqat Galaxy Note turkumi fabletlarida hamda ayrim planshetlarida qo‘llanib kelgan. Samsung o‘zining Galaxy S seriyasidagi flagmanlariga ham S Pen qo‘llab-quvvatlovini qo‘shgach, Samsung Notes ilovasini ishlatish miqdori ham mos tarzda oshgan.

Ushbu ilova matnli qaydlar yaratish uchun qo‘llanadi va ko‘plab boshqa funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi: PDF-fayllarni import qilish, qo‘lyozma hamda ovozli qaydlar qo‘shish va hokazo.

O‘QING: Prezident jonli efirda Instagram foydalanuvchisini haqoratladi va uni topib yo‘q qilishga va’da berdi (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!