Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

56 yoshli Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Quyida Bezos qanchalar boy ekanini ko‘rsatuvchi 11 ta hayratlanarli faktlarni siz bilan o‘rtoqlashamiz.

Bloomberg Milliarderlar Indeksiga ko‘ra, sof boyligi 183 milliard dollar bo‘lgan Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi.

•2020 yilning avgust oyida Bezos sof boyligi 200 milliard dollarga yetgan tarixdagi birinchi shaxsga aylangan, biroq uning boyligi keyin yana kamaydi.

•Mart oyidan beri dunyoning aksariyat milliarderlari pandemiya sabab katta mablag‘ yo‘qotib kelmoqda. Bezos esa hozirgacha 67 milliard yo‘qotdi.

•Bezos Britaniya monarxiyasidan ikki baravar boyroq.

•Bezos soniyasiga 2,219 dollar topadi. Bu esa amerikalik oddiy ishchiga bir haftada to‘lanadigan haqdan ikki baravar ko‘p.

Bezos 2019 yilda rafiqasi Makkenzi Bezos (hozirda Makkenzi Skott) bilan ajrashib, ancha mablag‘ yo‘qotib ham, dunyoning eng boy odami bo‘lib qolaverdi. Makkenzi Bezos Amazon'ning 4% lik aksiyalariga ega bo‘ldi. Bu esa qariyb 35.7 milliard dollarga teng mablag‘ hisoblanadi. Shunday qilib, turmush o‘rtog‘idan ajralgan xonim dunyodagi uchinchi eng boy ayolga aylangan.

Bezosning yillik maoshi atigi (bu «atigi» ham, aslida, katta pul) 81,140 dollarni tashkil qiladi. Biroq milliarderga asosiy boylik Amazon aksiyalaridan keladi.

Mana, Bezos haqidagi asosiy ma’lumotlardan xabar topdik. Endi, quyida va’da qilingan 11 ta faktga to‘xtalib o‘tamiz.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

1. Yillik maoshi atigi 81,840 AQSh dollari bo‘lsa-da, Bezosning sof boyligi 183 millard dollarga teng. Bezosga to‘lanadigan yillik maosh, aslida, Qo‘shma Shtatlar senatorlarining maoshidan ham kamroq.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Jeff Bezosning boyligiga Amazon aksiyalari sabab — uning oyligi emas. 2018 yilda Business Insider nashri Bezosning yillik sof boyligidagi o‘zgarishlarga tayanib uning yiliga aslida qancha pul topishini hisoblab chiqqan. 2019 yil sentyabr oyi o‘rtalaridan beri Bezos 70 milliard dollarga boyigan.

Bu raqam kun, soat va soniya kesimida ifodalansa, ayniqsa, kishini yoqa tishlashga majbur qiladi.

2. Bezos soniyasiga 2,219 dollar topadi. Bu Qo‘shma Shtatlardagi ishchilarga to‘lanadigan bir haftalik maoshdan ikki baravar ko‘p. Bir daqiqada kelgan daromadi esa 133,181 dollarni tashkil qiladi. Business Insider nashri jurnalisti Xillari Xoffauerning yozishicha, bir daqiqada Bezos topgan pul AQShlik oddiy ishchi bir yilda topgan 47,000 dollarlik daromaddan uch barobar ko‘p. Bu hisob-kitoblar AQSh Mehnat Byurosi statistikasiga tayanib amalga oshirilgan.

3. Makkenzi Skott bilan ajrashgani bois Amazon aksiyalarining 25% idan ayrilgan bo‘lishiga qaramay, Bezos dunyodagi eng boy odam mavqeyini saqlab qolgan.

Makkenzi Skott esa, Devid Koxdan beva qolgan Julia Flesher Kox, L'Oreal kompaniyasi merosxo‘ri Fransuaza Bettankur-Mayers, Walmart merosxo‘ri Elis Uoltonlardan keyingi dunyodagi to‘rtinchi eng boy ayol hisoblanadi. Amazon’ning ilk xodimlaridan bo‘lgan Makkenzining boyligi 59.6 milliard ekanligi taxmin qilinadi.

4. Jeff Bezosning boyligi 180 millard dollar. Bu esa Qo‘shma Shtatlardagi top 100 universitetlar endaumentining 40% ini tashkil qiladi.

2018 yildagi endaumenti (maqsadli kapital) ga ko‘ra AQShdagi eng boy uchta universitetlar Garvard Universiteti (38.3 milliard), Texas Universiteti (30.9 milliard) va Yel Universitetilari (29.4 milliard) bo‘lgan.

Bezosning boyligi bu uchala universitet endaumentlaridan ham ko‘proq.

5. Bezos shunchalar boyki, u uchun 1.9 million dollar xuddi 1 dollardek gap.

6. Bezos Britaniya monarxiyasidan ikki baravar boyroq.

Forbes'ga ko‘ra, 2017 yilda Britaniya qirollik oilasining sof boyligi 88 milliard dollar deb taxmin qilingan.

O‘QING: Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

7. Bezosning boyligi Islandiya, Lyuksemburg va Shri Lanka davlatlarining jami YaIMidan ham ko‘proq.

Islandiyaning YaIMi 24.2 milliard, Lyuksemburgniki 71.1 milliard, Shri Lankaniki esa 84 millardga teng. Ularning uchalasi qo‘shilsa, 179 millard dollar bo‘ladi. 

8. 2017 yil oktyabr oyida Bill Geytsni ortda qoldirib, dunyodagi birinchi raqamli milliarderga aylanganidan buyon Amazon rahbarining boyligi deyarli ikki baravar ko‘paydi.

Bill Geytsni dog‘da qoldirgan paytida Bezosning boyligi 92.8 milliard edi.

9. AQSh Ijtimoiy xavfsizlik administratsiyasiga (IXA) ko‘ra, bakalavr darajasiga ega oddiy amerikalik erkak butun umri davomida 2.2 million dollar ishlab topadi. Bezos esa bu pulni atigi 17 daqiqada topadi.

IXA ma’lumotlariga qaraganda, bakalavr darajasiga ega oddiy amerikalik ayol umri davomida 1.3 million dollar ishlab topadi.

O‘QING: 25 yashar Amazon solnomasi

Lekin istisno holatlari har doim uchrab turadi. Chunki Prinston Universitetini bitirgan Jeff Bezos daqiqasiga 133,3181 dollarni o‘ziniki qiladi. Bu Business Insider'ning 2019 yilgi hisob-kitoblarida aniqlangan.

10.  2018 yil oxirida Bezosning sof boyligi 160 milliard dollar edi.

Amerikada 40 yil oldin o‘rtacha boylik solig‘i joriy qilingan taqdirda ham, Bezos dunyodagi ikkinchi eng boy odam bo‘lgan bo‘lardi.

2018 yil oxirida Bezosning boyligi 160 milliard dollar edi. Brookings Papers tomonidan Economic Activity jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, agar 1982 yilda (xuddi shu yili Amerika billionerlari ro‘yxati bo‘lgan ilk Forbes 400 reytingi e’lon qilingan) AQShda boylik solig‘i joriy qilinganda ham, uning boyligi 86.8 milliard dollar bo‘lardi. Bu mablag‘ bilan Bezos fransiyalik biznesmen Brenand Arnaultdan keyingi ikkinchi eng boy odam bo‘lgan bo‘lardi.

2020 yilgi AQSh Prezidentligi saylovlarida boylik solig‘ini joriy qilish masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Demokrat Benri Sanders va Yelizaveta Uarrenlar o‘ta boylar to‘laydigan soliqni oshirish taklifini kiritgan.

11. 2019 yilda Bezos dunyo milliarderlari orasida eng ko‘p mablag‘ yo‘qotgani bo‘lgan, biroq, shunga qaramay, u eng boy odam mavqeyini saqlab qolgan.

O‘tgan yildan beri Amazon rahbari 10 milliarddan ko‘p pul yo‘qotdi, biroq hali ham boylik borasida birinchilikni egallab turibdi.

O‘QING: Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (1-qism)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!