Milliarderlar uchun smartfon: iPhone’ning maxsus versiyasi sotuvda

  •   Saroy
  •  2140
  •  17.08.2018 12:35

Milliarderlar uchun smartfon: iPhone’ning maxsus versiyasi sotuvda

Mobil qurilmalariga qimmatbaho ishlov berishga ixtisoslashgan Goldgenie kompaniyasi Apple’ning hali anonslashtirilmagan iPhone X modeli maxsus versiyasi uchun oldindan buyurtmalar qabul qila boshladi.

O‘QING:Stiv Voznyak: Apple endi innovatsiyalarga qodir emas!

Yangilangan iPhone X  Goldgenie kompaniyasida  iPhone Xs nomi bilan qayd etilgan. U Billionaire Solid Gold edition (milliarderlar uchun toza oltindan yasalgan) versiyasida taklif qilinmoqda. Oltin qurilma  256 GB ichki xotiraga ega bo‘lib, narxi 50 ming funt sterling turadi. Bu,  64 ming AQSh dollari deganidir. Bu yana 50 foizga tushirilgani. To‘liq narxi esa 100 ming funt sterling, ya’ni taxminan 127 ming AQSh dollariga teng.

O‘QING:Dubaydagi har beshta iPhone’dan bittasi qalbaki ekanligi aniqlandi

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, kuzda Apple ikkita  OLED-modelini chiqaradi, ularning   diagonali 5,8 va 6,5 dyuym. Yangi iPhone X va iPhone X Plus, shuningdek 6,1-dyuymli «arzon» LCD-modeli, bularning barchasi romsiz dizaynga ega. Shuningdek, foydalanuvchining yuzidan tanish funksiyasi  – Face ID va tezlashtirilgan A12 protsessori ham bor. Avvalgi ikkita modeli asosiy qo‘sh kamera, keyingisi esa oddiy bittalik kamera bilan ta’minlanadi.

O‘QING:Apple yuzni tanish texnologiyasi hisobiga Touch ID`dan voz kechadi