Milliarderlarni qo‘yaturing, ilk trillioner kim bo‘lishini ham allaqachon aytishdi!

  •   DiMaX
  •  2378
  •  15.05.2020 17:05

Milliarderlarni qo‘yaturing, ilk trillioner kim bo‘lishini ham allaqachon aytishdi!

AQShlik ishbilarmon, Amazon internet-do‘koni egasi Jeff Bezos Yer yuzidagi ilk bir trillion dollar boylikka ega inson bo‘lishi mumkin. Bu haqda Forbes nashriga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Jeff Bezos ayni damda jahonning eng boy insoni bo‘lib turibdi. «Comparisun» xizmati ekspertlari ishonishiga ko‘ra, uning boyligi 2026 yilda bir trillionga yetadi. Undan keyingi pog‘onani xitoylik developer Syuy Szyain egallashi mumkin.

Hozirda Bezosning boyligi 143 milliard dollarga baholanmoqda, koronavirus pandemiyasi sabab Amazon aksiyalari keskin qimmatlagan. Bezos pandemiya sharoitida 24 milliard dollar ishlab olgan.

O‘z navbatida TOP-3 da turuvchi boshqa biznesmenlar kambag‘allashgan: Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts 8,4 milliard, «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyalari guruhi egasi Bernar Arno esa 28 milliard dollar yo‘qotgan.

O‘QING: Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.