«Milliardlarga qurilgan dendixona» – dasturchilar Andijon IT-Parkini tark etishdi

  •   DiMaX
  •  3135
  •  08.01.2021 10:58

«Milliardlarga qurilgan dendixona» – dasturchilar Andijon IT-Parkini tark etishdi

Biz o‘tgan yili Andijon shahrida Digital City nomli texnopark ishga tushganligi va Shavkat Mirziyoyev uning faoliyati bilan tanishganligi hqida yozgan edik. Lekin dasturchi Shoxjaxon Dexqon o‘zining Facebook-profilida yozishicha, bir guruh dasturchilar ushbu maskandan chiqib ketishgan.

O‘QING: Hokimlik sayti tiklandi, AKT bo‘limi xodimi kaltaklanmadi. Xakerlarni qanday jazo kutmoqda?

Dasturchining postida shunday deyiladi:

Biz – bir gurux dasturchilar Andijon IT-parkidan ketdik. ))) Yangi raxbarlar keldi. Yoshlarni, kelajakni, davlat rahbarining yoshlarga bergan imkoniyatlarini – hammasini pul bilan o‘lchaydigan saviyasizlar orasida biz rivojlana olmaymiz. Eski rahbar juda yaxshi akamdek bo‘lib qolgan, IT soxasini haqiqiy mutaxasisi edi.

Lekin yangilari unday emas. Faqat «soqqa» qilishni reja qilgan odamlar.

IT-parkdan chiqib ketishimga aniq sabablar.

Game Club (dendixona) ochilgani. Bu holga men chiday olmayman, chunki men RAQAMLI ShAHAR binosining oddiy biznes-sentr yoki dendixona bo‘lib qolishini emas, balki haqiqiy akademiya, Axborot texnologiyalar markazi, laboratoriyasi bo‘lishini istagan edim. Lekin, afsuski, bunga ko‘zim yetmay qoldi.

Mutaxasislarni yig‘ish o‘rniga ularni qisish siyosati bor joy aniq kasodga uchraydi.

Bizdan avval London kompaniyasida ishlovchi haqiqiy mutaxassis Olimjon akaning guruhi ham chiqib ketgan edi.

Raqamli Shaharning binosini Game City deb o‘zgartirib qo‘yishni tavsiya etaman.

Shu bilan birga, bir joyda rahmat aytaman: 3 oy tekinga xona berishdi. Rahbar Ziyodillo akaga alohida, chin ko‘ngildan rahmat. Yangi rahbariyatga esa faqat «soqqa» qilish topshirilgan ko‘rinadi.

Shuncha pul sarflangan – 14 mlrd edi, adashmasam, bu pullarni ofis ijara haqlari hisobidan va dendi o‘ynatib chiqarib olishni o‘ylash qanchalik haqiqatga yaqin – bilmayman.

Undan ko‘ra biror loyihamiz evaziga bizga joy berishsa ancha foydaliroq bo‘lar edi. ))

O‘QING: Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)