Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...

  •   DiMaX
  •  2819
  •  07.09.2019 13:03

Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (National Security Agency – NSA) huquqiy maslahatchisi Glenn Gerstell kuni kecha qiziq ma’lumotni oshkor etgan. Ya’ni, u mamlakat uchun kibermakonda eng katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omilni ma’lum qilgan.

O‘QING: AQShni chuv tushirgan rossiyalik “agent”lar

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu borada to‘rtta mamlakatga alohida e’tibor qaratadi. Glenn Gerstell ta’kidlashicha, Pentagon birinchi navbatda Rossiya xakerlaridan qo‘rqar ekan. Ularda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish hamda dezinformatsiyalar uyushtirish uchun katta imkoniyatlar mavjud, deb hisoblashadi AQSh hukumati.

«Bu mamlakatning yalpi ichki mahsulot hajmi bizdagi Illinoys yoki Pensilvaniya shtatinikidan ham kam. Lekin u kibermakonda qanchadan-qancha muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, Rossiya baribir birinchi raqamli xavfdir», – deydi MXA huquqiy maslahatchisi. Darvoqe, Terabayt.uz’da avvalroq AQShning ellikta shtatidagi saylovga Rossiya xakerlari aralashganligi haqidagi xabar e’lon qilingan edi.

Gerstellning aytishicha, AQSh uchun kibermakonda ikkinchi o‘rindagi xavf Osiyodagi gigant – Xitoy bo‘lib turibdi. Uchinchi darajadagi xavf Shimoliy Koreya xakerlari bo‘lsa, to‘rtinchisi – Eron xakerlari ekanligini ta’kidlagan u.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!