Minimalistlar uchun eng hamyonbop smartfon – Nokia C01 Plus chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  718
  •  10.06.2021 17:07

Minimalistlar uchun eng hamyonbop smartfon – Nokia C01 Plus chiqdi! (+video)

HMD Global kompaniyasi 8 aprel kuni bir nechta rusumdagi yangi smartfonlarini taqdim etgan edi. Ular orasida eng arzonlari esa Nokia C10 hamda Nokia C20 modellari bo‘lgandi.

O‘QING: Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

HMD Global kompaniyasi C-seriyasiga kiruvchi Nokia C01 Plus smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Yangi 4G-smartfon kundalik vazifalar, ishlar va ko‘ngilochar o‘yinlarni o‘ynashda qo‘l keladi. Nokia C01 Plus’ning ekrani o‘lchami 5,45 dyuym bo‘lib, HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat. Ishlab chiqaruvchining va’da qilishicha, smartfon bir marta quvvatlanish orqali ikki kun ishlay oladi.

Smartfon ichida sakkiz yadroli protsessor o‘rnatilgan. Operatsion tizim sifatida Android 11 (Go versiya) dan foydalanilgan — Android Go uchun dasturlarning maxsus «yengillashtirilgan» versiyalari chiqariladi, bu esa xotiradan kam joy egallaydi.

O‘QING: Dunyo smartfon bozorining 70 foizi shu beshtagina kompaniyaga tegishli!

Nokia C01 Plus polikarbonatli va metall qorishmali ramadan iborat mustahkam korpusga ega. U kundalik hayotdagi turli sinovlarga, yerga tushib ketish, havo haroratining ko‘tarilishi, bosim yoki mexanik burashga urinishlarga bardoshli.

Smartfonning xavfsizlik tizimi ikki yil davomida yangilanadi, bu shu turdagi modellar uchun yomon emas. Nokia C01 Plus’ni blokdan chiqarishga zamonaviy yuzni tanish texnologiyasi yordam beradi.

Qurilmaning 1/16 gigabaytli versiyasini 6490 rublga (89 dollar) xarid qilish mumkin. Smartfon jamlanmasidan shaffof Jelly case g‘ilofi ham o‘rin olgan.

O‘QING: Mashhur Nokia N95 hozirga vaqtda yaratilsa qanaqa ko‘rinishda bo‘lardi? (Video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!