Mish-mishlar yakunlandi. Apple'ning uzoq kutilgan taqdimoti 7-sentabr kuni bo'lib o'tadi!

Mish-mishlar yakunlandi. Apple'ning uzoq kutilgan taqdimoti 7-sentabr kuni bo'lib o'tadi!

Apple o'zining navbatdagi yangi mahsulotlarini kelayotgan sentabr oyining yettinchi sanasida o'tkaziladigan tadbirda taqdim qiladi, bu haqida kompaniya o'zining veb-saytida e'lon qildi. "Far Out", o'zbekchasiga "Uzoqda" deb nomlanuvchi tadbir Apple'ning Kupertinodagi shaharchasida joylashgan Stiv Jobs teatrida o'tkaziladi. Aytish kerakki, bu kompaniyaning pandemiyadan keyin ushbu teatrda o'tkazayotgan ilk katta mahsulot taqdimoti bo'lib, u ham oflayn, ham onlayn bo'ladi.

Uzoq kutilgan tadbirda kompaniyaning anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan yangi avlod smartfonlari, iPhone 14 qatori, shuningdek, Watch 8 aqlli soatlari seriyasi ham taqdim qilinishi kutilmoqda. Uzunquloq xabarlariga ko'ra, bu yilgi iPhone qatori to'rtta: 6.1 dyuymli iPhone 14 va iPhone 14 Pro, 6.7 dyuymli iPhone 14 Max (yoki Plus) va iPhone 14 Pro Max modellarini o'z ichiga oladi. Katta ehtimol bilan Mini model chiqarilmasligi mumkin, lekin so'nggi yangiliklar ko'ra, kompaniya uni saqlab qolishi ham mumkin.

Eng katta o'zgarishlar Pro modeldagi iPhone'larda bo'lib, ulardan biri old ekrandagi katta qora tirqishning, selfi kamera uchun yumaloq teshik, Face ID sensorlari uchun esa tabletka shaklidagi kesmaga alishtirilishidir. Shu bilan birga, Pro modellar iOS 16 bilan har doim yoniq turuvchi displey (AOD) xususiyatiga ega bo'lishi aytilmoqda. Bundan tashqari Apple'ning A seriyasidagi chipsetlari birinchi marta Pro modellar uchun eksklyuziv qilishi mumkin. Kameralarga keladigan bo'lsak, Pro modellar 48 megapiksellik sensor bilan chiqarilishi xabar qiligan.

Apple smartsoatlari haqida gapiradigan bo'lsak, Watch 8 seriyasi tana haroratinini o'lchay oladigan sensor va barqaror versiyadagi watchOS 9 bilan chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, kompaniya yaxshilangan, tezkor chipsetga ega ikkinchi avlod Watch SE modeli va kattaroq ekran, batareya bilan ekstremal sportchilar uchun yangi Apple Watch Pro modelini ham taqdim qilishi mumkin. 

Bundan tashqari, yangi avlod AirPods Pro ham e'lon qilishini mish-mish qilingan.

Taqdimotni istalgan joyda jonli ravishda kompaniyaning rasmiy veb-sayti yoki YouTube sahifasida ko'rish mumkin bo'ladi. Tadbir Toshkent vaqti 22:00 da boshlanadi. 

O'QING: Quvvati tugasa ham qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish imkoniyatiga ega smartfon taqdim etiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!