MIUI 11 nimalarga qodir: Xiaomi mas’ul xodimi rasman ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  3287
  •  29.03.2019 11:08

MIUI 11 nimalarga qodir: Xiaomi mas’ul xodimi rasman ma’lum qildi

Xiaomi korporatsiyasining ajoyib mahsulotlaridan biri – mobil qurilmalari uchun ishlab chiqilgan MIUI grafik qobig‘idir. Ayni damda uning o‘n birinchi versiyasi tayyorlanayotgani haqida avvalroq ham xabar berganmiz.

O‘QING: MIUI 11 tayyor bo‘lyapti, unga yangilanuvchi va yangilanmaydigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing!

Kompaniyaning MIUI ishlab chiqilishiga mas’ul bo‘limi rahbari Lyu Min kuni kecha foydalanuvchilar bilan onlayn tarzda o‘ziga xos «matbuot anjumani» o‘tkazdi. Unda Xiaomi smartfonlariga o‘n birinchi avlod grafik qobiq nimalar baxsh etishi bo‘yicha savollarga javoblar berildi.

Lyu Min avvalo shuni ta’kidladiki, MIUI 10 potensiali hali oxirigacha ochilmagan, shu bois MIUI 11 ham ushbu interfeysga asoslanadi. Tabiiyki, u ancha takomillashtiriladi: interfeys yanada silliq ishlaydigan bo‘ladi, bildirishnomalar yangicha, belgichalar esa qayta ishlangan bo‘ladi.

MIUI 11 talqinida «global» Dark Mode rejimi bo‘ladi: uni qo‘llaganda brazuyer ham, boshqa – hatto chet ilovalar ham to‘qrang tusga kiradi. Bu esa tungi vaqtda va qorong‘i sharoitlarda ko‘z nurini asrashga xizmat qilishdan tashqari, ayrim modellarda quvvat sarfini ham kamaytiradi.

O‘QING: MIUI 11 tizimli Mi Max 4 fableti atigi 250 dollardan sotuvga chiqadi!

Yana bir muhim yangilanish – MIUI 11 versiyasi «qat’iy» quvvat tejash rejimiga ham ega. Uni faollashtirganida, foydalanuvchi smartfonning faqatgina qo‘ng‘iroq va SMS funksiyalaridan foydalana oladi, standart interfeys esa to‘qrangiga almashadi... Umuman olganda, bu rejimda nimalar ishlab turishini ham smartfon egasi o‘zi sozlab qo‘ya oladi.

Shuningdek, bildirishnomalar qatori ham qayta ishlanadi va yanada qulay holatga keltiriladi. Yana skrinshotlarni kimgadir jo‘natgach, ularni telefon xotirasidan avtomatik o‘chirib tashlash funksiyasi ham paydo bo‘ladi.

Afsuski, MIUI 11 qachon rasman taqdim etilishi va qaysi modellardagi Xiaomi smartfonlari unga asoslangan proshivkaga ega bo‘lishi masalasi ochiq qolmoqda.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.