MIUI 11 proshivkasida Redmi 10X 4G va yana uchta yangi Redmi smartfoni «topildi»!

  •   DiMaX
  •  1797
  •  02.03.2020 17:11

MIUI 11 proshivkasida Redmi 10X 4G va yana uchta yangi Redmi smartfoni «topildi»!

XDA Developers dasturchilar hamjamiyatining kacskrz nikli a’zosi MIUI 11 grafik qobig‘ining yangi talqini kodlarini «kavlashtirib» ko‘rdi. U yerdagi yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi kompaniyasi yaqin orada Redmi brendi ostida to‘rtta smartfon taqdim etadi.

O‘QING: Xiaomi amalladi: ommabop smartfonlarga Android 10 proshivkasi kela boshladi!

MIUI 11 yangi versiyasining kodlarida paydo bo‘lgan smartfon nomlari quyidagicha:

  1. Redmi K30 Pro
  2. Redmi K30 Pro Zoom Edition
  3. Redmi Note 9
  4. Redmi 10X 4G

Bulardan birinchisi – Redmi K30 Pro flagmani hamda o‘rta narxli Redmi Note 9 taqdimoti yaqinligi xususida avvaldan gap-so‘zlar yuradi, shu sababli yaqinda kompaniya amaldagi 5G-flagmanini arzonlashtirgan. Ikkinchisi – «Zoom Edition» qo‘shimchalisi esa flagmanning yanada ilg‘or kamerali versiyasi bo‘lsa kerak.

Redmi 10X 4G esa umuman kutilmagan yangilik bo‘ldi – ushbu model xususida biror ma’lumot yo‘q. Ayrim qarashlarga ko‘ra, uning nomidagi «10X» yozuvi kameraning zum imkoniyatini aks ettirishi ham mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari egalari, koronavirusning navbatdagi zarbasiga tayyor turing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!