MIUI 11 tayyor bo‘lyapti, unga yangilanuvchi va yangilanmaydigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  5376
  •  18.01.2019 18:11

MIUI 11 tayyor bo‘lyapti, unga yangilanuvchi va yangilanmaydigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha o‘zining mobil qurilmalari uchun grafik qobiqning keyingi – MIUI 11 versiyasini e’lon qildi. Ayni damda esa uning ko‘plab smartfon va planshetlariga MIUI 10 bazasidagi proshivka tarqatilmoqda.

O‘QING: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 9 Pie asosida MIUI 10 tayyorlanyapti, uni allaqachon sinab ko‘rish mumkin!

Shuningdek, «xitoycha Apple» joriy yilda MIUI 11 asosidagi proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarining ro‘yxatini e’lon qildi. Bular asosan nisbatan yangi, 2016–2018 yillari savdoga chiqarilgan modellardir:

  • Redmi Pro
  • Redmi 4A
  • Redmi 4X
  • Redmi 4
  • Redmi 5A
  • Redmi 5 Plus
  • Redmi 5
  • Redmi 6A
  • Redmi 6
  • Redmi 6 Pro
  • Redmi S2
  • Redmi Note 4
  • Redmi Note 4X
  • Redmi Note 5A
  • Redmi Note 5
  • Redmi Note 6 Pro
  • Redmi 7
  • Redmi 7A
  • Redmi 7 Pro
  • Redmi Pro 2
  • Mi 5X
  • Mi 5S
  • Mi 5S Plus
  • Mi 6
  • Mi 6X
  • Mi 8 Lite
  • Mi 8 SE
  • Mi 8
  • Mi 8 Pro
  • Mi 8 Explorer Edition
  • Mi Mix
  • Mi Mix 2
  • Mi Mix 2S
  • Mi Mix 3
  • Mi Mix 3S
  • Mi Max
  • Mi Max 2
  • Mi Max 3
  • Mi Max 4
  • Mi Note 3
  • Mi 9
  • Mi Pad 3
  • Mi Pad 4
  • Mi Pad 4 Plus

O‘z-o‘zidan ma’lumki, Xiaomi joriy yildan sotuvga chiqaradigan boshqa mobil qurilmalar uchun ham MIUI 11 taqdim etiladi.

O‘QING: 205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

Bundan tashqari, hech qachon MIUI 11 bazasidagi proshivkaga yangilanmaydigan Xiaomi gadjetlari ro‘yxati ham e’lon qilindi:

  • Redmi 1S
  • Redmi 2
  • Redmi 3
  • Redmi Note 3
  • Mi 2
  • Mi 3
  • Mi 4
  • Mi 5
  • Mi Pad
  • Mi Pad 2

MIUI 11 grafik qobiq bilan taqdim etiluvchi yangi imkoniyatlar bilan keyingi xabarlarimiz orqali tanishish mumkin bo‘ladi – bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi hech qachon MIUI 10’gacha yangilanmaydigan 20 ta modeldagi smartfonlarini e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!