MIUI 11 uchinchi to‘lqinda eski modellardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarga tarqatiladi

  •   DiMaX
  •  2163
  •  18.11.2019 17:18

MIUI 11 uchinchi to‘lqinda eski modellardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarga tarqatiladi

Xiaomi kompaniyasi turli smartfonlari uchun MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan xitoycha va global proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda. Hozirgacha 27 modeldagi qurilma uchun uning beta yoki barqaror versiyasi taqdim etilgan.

O‘QING: Yana bir smartfonga Android 10 asosidagi MIUI 11'ning beta relizi taqdim qilindi

Aytish kerakki, MIUI 11 grafik qobig‘iga yangilangan smartfonlarning hammasida ham operatsion tizim eng so‘nggi – Android 10 talqinida emas. Bu esa gadjetning modeli qanchalik yangi yoki eski ekaniga bog‘liq. Masalan, Redmi 4 smartfoni uchun Android 7.1.2 Nougat talqiniga asoslangan MIUI 11 chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, bunday devayslar ham yangicha interfeys funksiyalaridan benasib qolayotgani yo‘q.

Manbalarning yozishicha, Xiaomi yangi grafik qobiq bazasidagi proshivkalarning uchinchi to‘lqinini tarqatishga tayyor. Bunda nisbatan eski – 2016–2018 yillar orasida taqdim etilgan quyidagi smartfonlar yangilanadi:

  1. Mi MIX;
  2. Mi 5s;
  3. Redmi 5;
  4. Mi 5s Plus;
  5. Mi 5X;
  6. Redmi 5 Plus;
  7. Mi 5C;
  8. Mi Note 2;
  9. Redmi 5A;
  10. Mi Play;
  11. Mi Max 2;
  12. Redmi 4X;
  13. Redmi Note 5A.

Kompaniyaning bulardan yangiroq modellardagi, xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»